Foydali resurslar
2014 yil 30 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Kichik majlislar zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “AKT yordamida nemis tilini o‘rganish” treningi bo‘lib o‘tdi.
Trening Toshkentdagi Gyote insitituti ko‘magida bo‘lib o‘tdi. Uni mazkut institutning yetakchi o‘qituvchisi Sayyora Turakulova olib bordi.

Treningdan qo‘zlangan maqsad - nemis tili o‘rganuvchi foydalanuvchilarni chet tillarni o‘rganishda zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarning imkoniyatlari bilan tanishtirish.
Trening davomida trener internetga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib foydalanuvchilarga nemis tilini onlayn tartibida o‘rganish yo‘l-yo‘riqlarini tushuntirib berdi. Shuningdek har bir sayt haqida qisqacha ma’lumot berilgach tinlovchilarga amalda saytning imkoniyatlari: og‘zaki va yozma mashq turlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
