Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida akademik Ashraf Axmedovning“Mavorounnahr madaniyati rivojlanishida olimlar hissasi” mavzusida ma’ruzasi

2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kichik majlislar zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida akademik Ashraf Axmedovning “Mavorounnahr madaniyati rivojlanishida olimlar hissasi” mavzusida ma’ruzasibo‘lib o‘tdi.
A.Axmedov o‘z ma’ruzasida Mavorounnahr tarixi, uning madaniyati va madaniyati rivojida olimlar o‘rni haqida gapirar ekanlar buyuk ma’rifatparvar, mutafakkir, nafaqat Sharq dunyosi taraqqiyoti, balki jahon taraqqiyotiga o‘z xissasini qo‘shgan Abu Rayhon Beruni, Abu Ali Ibn Sino, al Xorazmiy, Al Farobiylarning mehnatlariga alohida urg‘u berib o‘tdilar.

Bugungi ma’ruzada olim Al Xorazmiyning jahon taraqqiyotida tutgan o‘rni haqida gapirdi. Dunyo olimlari tan olgan va hozirgi kunda ham qo‘llanib kelayotgan Al Xorazmiyning hisoblash usuli, uning fanga kiritgan atamalari, tenglamalarni yechish usullari, “al-jabr” va “al-muqobala” xisobi to‘g‘risidagi va boshqa yuzlab kitoblari haqida gapirib berdi.
Ma’ruza so‘ngida tinglovchilar ma’ruzachiga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va keng qamrovli, ilmiy asoslangan javoblar oldilar.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar