Foydali resurslar
2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kinomarkazida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “BMTning Bolalar huquqi Konvensiyasi” mavzusida interfaol trening bo‘lib o‘tdi.
Interfaol treningda barkamol avlod tarbiyasi va himoyasida milliy an’analar va madaniy qadriyatlarning ahamiyati, tinchlik, ozodlik, tenglik va hamjixatlik tushunchalarinig BMT Nizomida qabul qilingan ideal jihatlari bolajonlarga sodda va tushunarli tilda aytib berildi.

Interfaol trening boshidayoq “Sen huquq deganda nimani tushunasan?” degan savolga aqliy hujum qilindi. Bolalar o‘z fikrlarini bildirgach, barchasi jamlanib bir to‘xtamga kelindi. Trening jonli va o‘yin shaklida tashkillashtirilgani bolalarga ma’qul keldi. Trening so‘ngida har bir bola unga berilgan so‘z erkinligi huquqidan foydalanib bugungi trening haqida o‘z fikrini bildirdi.
Trening O‘zbekistondagi BMT YuNISEF bolalar jamg‘armasi ko‘magi va mutaxassislari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
