Foydali resurslar
2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ijod” o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida bolalar uchun komikslar yaratish bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

Bolalar uchun komikslar chizish bo‘yicha mahorat darsini xalqaro komikslar festivallari sovrindori, 50ta kitob muallifi, betartib, ammo oq ko‘ngil Gal ismli bola bosh qahramoni bo‘lgan "Zbeng" nomli mashhur komiks ijodkori Uri Fink (Isroil) olib boradi.

50-ixtisoslashtirilgan maktabning 4-sinf o‘quvchilari Uri Finkning harakatlarini zo‘r qiziqish bilan kuzatdilar. Mashxur komikslar ijodkori odamchalar yuziga qalamni bita tegizish bilan quvnoq chehralar g‘amgin, muloyimlarni – jahldor, oqillarni – nodonlarga aylantirdi. Buni ko‘rgan o‘quvchilar o‘zlari ham shunday rasmlarni chizishga xarakat qildilar.
Mahorat darsi O‘zbekistondagi Isroil elchixonasi ko‘magida bo‘lib o‘tdi.
