Foydali resurslar
2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Adolat” o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida shaxmat va shashka bo‘yicha bolalar o‘rtasida turnir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Erkin Umarov olib bordi. Unda shahar 102-zaif eshituvchilar maktab-internati, ko‘zi ojizlar jamiyati qoshidagi maktab-internat va 15-sport maktabi yosh sportchilari ishtirok etdilar.

Tadbirni tashkil etishdan maqsad yoshlarni shaxmat dunyosiga olib kirish va uning sir-sinoatlaridan habardor qilish, bolalarda sportga, hususan, shaxmat-shashka turiga qiziqish uyg‘otish. Tadbir doirasida ishtirokchilar shaxmat sportidagi yangiliklar, O‘zbekistonda shaxmat sport turining tarixi va hozirgi kundagi ahvoli bilan tanishdilar.
.jpg)
Shundan so‘ng shaxmat maktablari o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari o‘rtasida turnir bo‘lib o‘tdi Turnirda yosh sportchilar U.Muxammadjonov, I.Mamarasulov, A.Saidov, B.Aralov, A.Tursunov, B.Sayfullayev, X.Kadыrov, N.Orazov, X.Ergashev, Sh.Yunusov, V.Li, M.Komiljonov, D.Haydarovalar o‘z qobiliyatlarini namoyon etdilar. 15- sport maktabi o‘quvchisi D.Haydarova turnir g‘olibi. G‘olib va barcha ishtirokchilar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
