Foydali resurslar
2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi «Bunyodkor» o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Keling bolalar haqida gaplashaylik” mavzusida ota-onalar bilan suhbat va bolalar uchun origami san'ati bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
“Keling bolalar haqida gaplashaylik” mavzusida ota-onalar bilan suhbatda O‘zbek-yapon inson imkoniyatlarini rivojlantirish markazi xodimlari ota-onalarga o‘z markazlari imkoniyatlari va bolalarini qiziqishini uyg‘otishi mumkin bo‘lgan to‘garaklar haqida gapirib berdilar. Shundan so‘ng barcha xohlovchilar uchun origami bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Origami - bu Yaponiyaning qalbini aks ettiruvchi san'at turidir. To‘rtburchak qog‘ozdan nechog‘liq ko‘p shakllar yasash mumkinligini tasavvur ham qila olmaysiz. Shunisi qiziq-ki, origami nafaqat Yaponiyada, balki butun dunyoda odamlarning sevimli xordiq chiqarish mashg‘ulotlariga aylangan.
Origami san'atini o‘rgatish barobarida mutaxassislar bolalarda tasavvur qilish, fikrlash qobiliyatini va barmoqlar motorikasini rivojlantirishga yordam berdilar.
Origami san'ati bo‘yicha mahorat darsi O‘zbek-yapon inson imkoniyatlarini rivojlantirish markazi ko‘magida va xodimlari boshchiligida bo‘lib o‘tdi.
.jpg)