Foydali resurslar
2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kinomarkazida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Imkoniyati cheklangan bolalar va yoshlarda inklyuziv muhitda so‘zlashuv (kommunikativ) ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Mahorat darsi 66-ixtisoslashtirilgan maktabning «Badiiy tukish» to‘garagi qatnashuvchilari ishtirokida, o‘qituvchi M.Qosimova rahbarligida o‘tkazildi.
.jpg)
Ushbu mahorat darsida o‘kuvchilar mayda qo‘l muskullarini rivojlantirish uchun harakat qilishdi. To‘qish jarayonida ilmoqlarni sanash, va ularni kamaytirib ko‘paytirish usullarini bajarishadi. To‘qish vaqtida iplarining rang tanlashlariga ham ahamiyat berishdi.
Qo‘l muskullari bo‘sh o‘quvchilarning qo‘lidan ushlab yordam berildi. To‘qilayotgan buyumni har xil shaklda va katta-kichik holatlarda to‘qishga o‘rgatildi. Eslab qolish qobiliyati sust o‘quvchilar uchun bir ish qayta-qayta takrorlandi.
Mahorat darsida Fayzullayeva Muxsina, Minnazarova Nasiba, Raxmatov Sardor, Sa’diyev Fayzullolar ishtirok etdilar va o‘zlarining qobiliyatlarini namoyon qildilar.
Mahorat darsi “Umr” shahar nogiron bolalar va o‘smirlarga ko‘mak berish jamoat markazi tomonidan o‘tkazildi.
