Foydali resurslar
2014 yil 29 oktyabr kuni “Jahon” o‘quv zalida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida E-LINE kompaniyasi bilan hamkorlikda “Jahon axborot resurslari bazalarisidan foydalanish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan asosiy maqsad – foydalanuvchilar bilimlarini oshirish, ta’lim olish va ilmiy izlanishlar olib borishda jahon axborot resurslaridan foydalanish malakalarini shaklllantirishdan iborat. Zero, bugungi kunda axborotlar bilimlar manbai sifatida jamiyat uchun strategik resursga aylandi. Bu resurslardan samarali foydalanish esa jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bilan bog‘liqdir.

Suhbatda E-LINE kompaniyasi xodimi Iskandar Rahmatullayev "PROQUEST", EBSCO Publishing, Elsevier, Springer Oxford University Press, Cambridge University Press, eLIBRARY.ru, Integrum, Book.ru, Neikon, IVIS kabi jahonga mashhur ilmiy-ta’limiy elektron resurslar bazalari bilan tanishtirdi.
Suhbat so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.