“INFOLIB-2014” Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida viktorina
29 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB -2014” Milliy axborot-kutubxona Haftaligi doirasida “Adabiyot bilimdoni” deb nomlangan umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida viktorina o‘tkazildi. Unda toshkent shag‘rining 5, 160 va 249-maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Tanlovning o‘tkazilishidan asosiy maqsad kutubxona foydalanuvchilari, o‘quvchilari va Haftalik mehmonlari orasidan mumtoz va hozirgi o‘zbek adabiyoti hamda jahon adabiyotining eng yaxshi bilimdonini aniqlashdir. Viktorina o‘yin shaklida tashkil etilib jonli va qiziqarli, guruhlarga bo‘lingan tarzda o‘tkazildi. Badiy asarlar bo‘yicha eng yaxshi bilimdonlar bellashuvida o‘zbek va jahon adabiyoti bilimdonlari anqlandi.

Tanlovda ishtirok etgan o‘quvchilar o‘zlarining mutolaaga bo‘lgan qiziqishlari tufayli nafaqat berilgan savollarga bafurja va keng qamrovli javoblar berdilar, balki. Viktorina davomida o‘quvchilar o‘zlarinig keng dunyoqarashi va notiqlik sana’tini namoyish etib, adabiyot va mutolaaga bo‘lga ijobiy munosabatlarini, axborot-kutubxona muassasalarining foydasi, mutolaa yordamida erishilgan muvaffaqiyatlari haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.
Tanlov so‘ngida barcha bolalar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan esdalik sovg‘alariga ega bo‘ldilar.
Viktorina Xalq ta’limi Vazirligi ko‘magida bo‘lib o‘tadi.