Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Dunyo shaxarlari” va “Muzeylar-dunyoning milliy xazinasi” mavzusida otkritkalar ko‘rgazmasi

2014 yil 29 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2-qavati foyesida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Ixtisoslashtirilgan fondlar va majburiy nusxani saqlash xizmati va Kitob fondi va vaqtli matbuot nashrlari xizmati tomonidan tashkil etilgan “Dunyo shaxarlari” va “Muzeylar dunyoning milliy xazinasi” mavzusida otkritkalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. 

Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar shaxarlarning tarixi, madaniyati, amaliy va tasviriy san’ati namunalari, arxitekturasi va haykaltaroshlik san’ati shoxasarlari bilan yaqindan tanishishlari mumkin.


Ko‘rgazmaga tashrif buyurar ekansiz o‘zingizni dunyoning qadimiy shaharlari, ularning muzeylarida yurgandek his qilasiz va unutilmas taassurotlarga ega bo‘lasiz.

 

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar