Foydali resurslar
2014 yil 28 oktyabr kuni “Ijod” o‘quv zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Sharq yulduzi” tahririyati jamoasi bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni K.I.Panchenko va L.Yusupovalar olib bordi.

Markaziy Osiyodagi bu «Otaxon-jurnal» 1932 yilning sentyabr oyida tashkil topgan. 1937 yilning oxiridan Ulug‘ Vatan urushining boshlanishiga qadar «O‘zbekiston adabiyoti va san'ati» deb nomlangan. 1946 yil maydan boshlab «Zvezda Vostoka» deb nomlandi. Keyichalik jurnal ikki tilda: rus va o‘zbek tillarida chiqa boshladi. Uchrashuv davomida «Zvezda Vostoka» va «Sharq yulduzi» jurnallarining 1946 yilda chop etilgan sonlari namoish etildi. Tadbirda shoirlar, adabiyotshunoslar va jurnal ijodkorlari ishtirok etdilar.
.jpg)
Uchrashuvda so‘zga chiqqan «Sharq yulduzi” jurnali bo‘lim boshlig‘i Risolat Haydarova yig‘ilganlarga jurnalning 1931 yilda yozuvchi Oybek tomonidan tashkil etilganini va shundan buyon nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda yetakchi o‘rinni egallab kelayotgani haqida g‘urur bilan gapirdi. Shuningdek, jurnal Oliy Ilmiy Kengash ro‘yhatidan o‘tgani va har bir tadqiqotchi uning sahifalarida o‘z izlanishlarini yoritib borishi mumkinligi haqida, jurnalning veb-sayti faoliyat ko‘rsatayotgani haqida va u ayniqsa yoshlar tomonidan yaxshi qarshi olingani bilan hammani habardor etdilar.
.jpg)
.jpg)