Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida kinorejisser Xilol Nasimovning «Gumrohlar» badiiy filmi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2014 yil 28 oktyabr kuni anjumanlar zalida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida kinorejisser Xilol Nasimovning «Gumrohlar» badiiy filmi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 
«O‘zbekkino» Agentligi buyurtmasi bilan «Vatan» kinostudiyasida suratga olingan «Gumroxlar» filmi Vatan mavzusi bilan bog‘liq ko‘pgina hayotiy mavzularni ko‘taradi. Rejissyor  Hilol Nasimov senariysi asosida suratga olingan filmdagi voqyealar nafaqat Toshkent va Andijonda, balki Turkiya va AQSHda sodir bo‘ladi.  Uning qahramonlari O‘zbekistonda mustaqillik davrida bo‘lgan katta o‘zgarishlarga ishonmaydilar.  Ulardan ayrimlari dushmanlar aldoviga uchib, Vatanni sotishga,  undagi bo‘layotgan bunyodkorlik jarayoniga to‘sqinlik qilishga urinadilar, ayrimlari esa, o‘z qilmishlaridan afsus chekib, Vatanga qaytishga harakat qiladilar.

Film namoyishidan so‘ng uning ijodkorlari bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda Hilol Nasimovdan, O‘zbekiston xalq artisti Erkin  Komilov bastakor Xurshida Hasanova, qo‘shiqlar ijrochisi Samandar va  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirza Azizovlar ishtirok etdilar.


So‘zga chiqqan O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov nafaqat filmga, balki undagi dolzarb mavzuga o‘z fikrlarini bildirdi. 
Hususan, “Vatan xoinini kechirib bo‘lmaydi, hammani kechirish mumkin, lekin ularni emas, chunki bu yerda ota-onalarimiz hoki bor. Uni esa muqaddas bilguvchi inson hattoki tuproqqa tupurmaydi. “O‘zbeklar Vatanni sotmaydi”, deb nomlangan o‘zbek xalqini ulug‘lovchi she'r o‘qib berdilar. Men urushdan keyin tug‘ilib o‘sgan bo‘lsamda, urush davrining qiyinchiligini totganman. Hozir esa shunday hur zamonda tomib turgan bir parcha rizqqa qoniqmay chet ellarda xor bo‘lib yurgan vatandoshlarimiz juda ko‘p. O‘zimizning yurtimizda yashab ijod qilishga ayniqsa yoshlarimiz uchun barcha sharoitlar mavjud ekanligini aytmoqchimanki” “ dedi Erkin Komilov to‘lqinlanib.

 

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar