Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“INFOLIB-2014” III Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida yosh dizaynerlarning xonatlas, adras va ipak matolaridan ko‘ylaklar kolleksiyasi namoyishi bo‘lib o‘tdi
28 oktyabr kuni O’zbekiston Milliy kutubxonasi foyesida “INFOLIB-2014” III Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida yosh dizaynerlarning xonatlas, adras va ipak matolaridan ko‘ylaklar kolleksiyasi namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning maqsadi - yosh avlodni o‘zbek xalqining urf-odatlari, an'analari, milliy qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, shu bilan birga milliy liboslar tarixini, bayoz, adras, xonatlas, beqasam, ipak kabi butun dunyoga tanilgan milliy matolarni tayorlash usullarini  o‘rganishni keng targ‘ib qilishdir.

Bizning diyorimizda mato tayorlash hunarmandchiligi uch ming yillik tarixga ega. Tayyorlanayotgan matolar yuqori sifati, iqlim sharoitimizga mosligi va ekologik tozaligi bilan alohida ajralib turadi.
Ularning orasida xonatlas o‘zining chiroyli jilosi va naqshlari o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Xonatlas respublikamizning har bir viloyatlarida turli rang va naqshlariga ega.

Namoyishda ushbu yo’nalishda o’z ijodini boshlayotgan yosh  dizayner-modelyerlar Aziza Baxrizoda, Munisa Pulatova va Moxinur Umarova ushbu matolardan yaratgan milliy liboslar namunalarini musiqa sadolari ostida taqdim etmoqdalar.
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar