Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“INFOLIB-2014” III Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida «Adolat» “Arxeologiya bugun: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2014 yil 28 oktyabr kuni INFOLIB-2014 III Milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida «Adolat» o‘quv zalida  “Arxeologiya bugun: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida O‘zbekiston FA Arxeologiya ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent bo‘limi rahbari Sh.Odilov va shu institut katta ilmiy xodimi Ilyasova Saida Ravelyevna, M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent Davlat Pedagogika universiteti tarix fakultetlari professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
Olimlar talabalarga jahon, shu jumladan, O‘zbekiston arxeologiyasi va uning yutuqlari va zamonaviy arxeologiya sohasi va arxeolog kasbi muammolari haqida gapiririb berdilar.

Davra  suhbatini O‘zFA Asosiy kutubxonasi direktori Zuhra Berdiyeva olib bordi.
Toshkent tarixi bilan shug‘ullanuvchi Ilyasova Saida Ravelyevna talabalarga O‘zbekiston FA Arxeologiya ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent bo‘limi haqida, uning tarixi va istiqboli,  Toshkent va Toshkent atrofi qazilmalari, sopol buyumlari va topilmalari haqida so‘zlab berdi.

Shuningdek, Toshkent tarixi, uning qulay joyda joylashgani va u yerda topilgan neаndertal odam suyaklari topilganini va bu butun dunyo arxeologlari tomonidan tan olinganini quvonib gapirib berdilar. 
Talabalar Toshkentning Shoshtepa, Mingo‘rik, Oq tepa va Chorsu mavzelari tarixi haqida so‘zlab berdilar.
Davra suhbatida talabalar ma'ruzachiga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berdilar va mazmunli javoblar oldilar.

“Arxeologlar bizga tarixning biz bilmagan sahifalarini ochib beradilar, ularning izlanishlari taqdiqotlari tufayli biz hayotning paydo bo‘lgan davrlaridan to tamaddunigacha keng ma'lumotga egamiz. Hozirgi kunda institutimizda 10 ta aspirant bor va men umid qilaman-ki, sizlar ham ular safiga qo‘shilib O‘zbek arxeologiyasi fanining rivojiga o‘z xissangizni qo‘shasizlar. Bizning hodimlarimiz nafaqat O‘zbekistonda, balki Xalqaro anjumanlarda ham muvafaqiyatli ishtirok etib kelmoqdalar”, deb so‘zlariga yakun S.Ilyasova.
O‘zbekiston FA Arxeologiya ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent bo‘limi rahbari A.Anorboyev  “Tarix qanday bo‘lishi kerak?” degan savolga javob topish maqsadida talabalarni suhbatga tortdi. Talabalarning javoblari jamlanib bir xulosaga kelingandan so‘ng ma'ruzachi ularni shu mavzudagi slaydlar namoishi bilan tanishtirdi. Shuningdek, O‘zbekistonda arxeologiyaning muammolari haqida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi. Bizda arxeologiyani rivojlantirish uchun yangi texnologiyalar yetishmasligiga qaramay, hozirgi kunda jahonshumul topilmalarning boy manbasiga ekanligiga alohida urg‘u berildi.
Olimlar endigina 1-bosqichga kelgan talabalarga arxeologiya sohasini yaxshi o‘rganishni tavsiya etdilar, zero, O‘zbekiston boy tarixga ega va uning kashf etilmagan osori atiqalari bor. 
Tarix fakulteti talabalariga mazkur baxs-munozara ma'qul keldi va ular bu suhbatni FA Arxeologiya ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent bo‘limida muntazam olib borilishini taklif etdilar. 
Tadbir so‘ngida O‘zbekiston FA Arxeologiya ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent bo‘limi rahbari A.Anorboyev va shu institut katta ilmiy xodimi S.R.Ilyasovalarga Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nomidan tashakkurnoma topshirildi.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar