Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“INFOLIB – 2014”III Milliy axborot-kutubxona haftaligining birinchi kuni yakunlari

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB– 2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘z ishini boshladi. Haftalikning birinchi kuni ya’ni 28-oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik Katta teatri orkestrining chiqishidan so‘ng tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi yozuvchi Muhammad Ali, O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov, , O‘zbekistondagi BMTTD koordinatori Krista Pikatt va Toshkentdagi Gyote instituti direktori Yuliya Xanskelar so‘zga chiqib o‘zbek kitobxonlarini navbatdagi haftalik bilan tabrikladilar va Milliy kutubxona rahbariyati va xodimlariga ilm,ziyo tarqatishda barkamollik tiladilar. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjayev so‘zga chiqib, milliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazishdan asosiy maqsad – mutolaaga bo‘lgan mehrni oshirish va uni targ‘ib qilish, aholiga, ayniqsa yoshlarga kerakli bo‘lgan axborotni mustaqil ravishda izlash va qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, axborot-kutubxona foydalanuvchilariga internet orqali xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini oshirish ekanligini ta’kidladi.


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi B binosi foyesida respublikamizning yetakchi kitob chop etish va savdosi bilan shug‘ullanuvchi “O‘zbekiston”, “G‘ofur G‘ulom”, “Kaleon”, “KitoBooKniga” nashriyot manbaa ijod uylari, “O‘zdavkitobsavdota’minoti”, “O‘zbekkino fondi” kabi tashkilotlar ishtirokida yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi, yarmarkalar o‘z ishini boshladi.

Haftalikning tantanalai ochilish marosimidan so‘ng soha matahassislari ishtirokida “Raqamli makon va zamonaviy axborot-kutubxona muhitidagi media kontent” mavzusiga bag‘ishlangan taniqli kutubxonashunos, bibliograf, tarixchi va kitobshunos Ye.K. Betger xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazadigan “Betger o‘qishlari-2014” davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
“Betger o‘qishlari” o‘tkazishdan asosiy maqsad - zamonaviy jamiyat infrastrukturasida axborot-kutubxona muassasalari, axborot-kutubxona xizmatining roli va o‘rnini aniqlashda olimlarni, axborot-kutubxona va mutaxassis-amaliyotchilarni jipslashtirishdir.

Bu yilgi “Betger o‘qishlari” axborot-kutubxona, axborot-resurs markazlari va kutubxonalarning faoliyatida axborot muhitini shakllantirish, mustahkamlash va yagonalikni ta’minlashda raqamli makon va zamonaviy media kontentni rivojlantirish hamda bilimlarni ommalashtirish va axborot resurlaridan foydalanishni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan.

2014 yil 27 oktyabr kuni «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Qo‘lyozmalar, nodir va aloxida qimmatga ega nashrlar xizmati tomonidan mutaxassislar uchun hujjatli merosnini saqlash bo‘yicha “Nodir nashrlarni konservatsiya va restavratsiya qilish” bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.
Mahorat darsida Toshkent shahridagi axborot-kutubxona muassasalari va arxiv ishi mutaxassislaridan 35 nafari ishtirok etdilar. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga nodir nashrlarni restavratsiya qilish ishlari o‘rgatildi va ba’zi bir yirtilgan kitob va qo‘lyozmalarni ta’mirlash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

2014 yil 27 oktyabr kuni kichik majlisdar zalida «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida taniqli pianinochi, ko‘pgina ilmiy-uslubiy va tadqiqot ishlar muallifi Adiba Sharipova bilan ijodiy uchrashuv va «Prelomleniye» («Sinish») kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Adiba Sharipova - musiqachi, yangilikka intiluvchi pedagog, O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi maxsus fortepiano kafedrasi professori. Uning konsert dasturlari va ijodiy loihalari san'atning turli sohalarida ijod qiluvchi, u kabi izlash va tadqiqot qilish ishtiyoqida bo‘lgan hamfikrlar shoirlar, haykaltaroshlar, dizaynerlar rassom va rejissyorlarni birlashtiradi.

27 oktyabr kuni «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari, Haftalik mehmonlari, Toshkent OTM professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik kitobxonlarga ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega asarlari orqali tanish. Tohir Malik nomi barchaga tanish. Uning kitoblari sevib o‘qiladi, qo‘lma-qo‘l bo‘ladi. Kitobxonlar esa yangi kitoblarni chiqishini sabrsizlik bilan kutadilar.

2014 yil 27 oktyabr kuni «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foyesida O‘zbekistondagi Milliy madaniy markazlarning badiiy chiqishi bo‘lib o‘tdi.

Har qanday xalqning ko‘z qorachig‘idek asrab, avaylab-ardoqlab kelgusi avlodga yetkazadigan qadriyatlari bor. Bu eng avvalo, uning milliy urf-odatlari, madaniyati va san’atidir. Mazkur qadriyatlar xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, o‘zaro do‘stlik va birdamlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ko‘pmillatli xalqlar istiqomat qilayotgan O‘zbekiston xalqlarining birdamlikda madaniyat va ma’rifatni yuksaltirishdagi hissasini namoyish qilish, har bir xalqning bebaho madaniy boyligi, etnik o‘ziga xosligi va boy merosini ko‘rsatish maqsadida o‘tkazilayotgan ushbu tadbir keng ommaga qaratilgan.

Har 30 daqiqada kutubxona bo‘ylab mavzuli sayohatlar, tashkil etildi. Unda mehmonlar O‘zbekiston Milliy kutubxonasining foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishdagi keng imkoniyatlari bilan tanishdilar,kutubxona bo‘ylab tanishuv sayyohat qildilar, kutubxonada mavjud katalog va kartotekalardan (elektron, alfavit va sistemali) foydalanish tartibi, kerakli bo‘lgan resurslarni izlash, ularga buyurtmani rasmiylashtirish, onlayn xorijiy ilmiy-ma’rifiy ma’lumotlar bazasi dilan tanishdilar. Bugun jami 281 kishiga 18ta ekskursiya uyushtirildi.

Haftalikning birinchi kunida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga jami 565kishi tashrif buyurdi, shulardan, 280 kishi - mehmonlar taloni bilan, 50 kishi –“Kutubxona haqida 1 soat”ga , 30 kishi -kinomarkazga, 70 kishi- Adiba Sharipova bilan uchrashuvga, 90 kishi - Tohir Malik bilan uchrashuvga va 45 kishi - Baynalmilal madaniyat markazi bayram dasturiga tashrif buyurdilar.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar