Foydali resurslar
27 oktyabr kuni «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari, Haftalik mehmonlari, Toshkent OTM professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
.jpg)
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik kitobxonlarga ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega asarlari orqali tanish. Tohir Malik nomi barchaga tanish. Uning kitoblari sevib o‘qiladi, qo‘lma-qo‘l bo‘ladi. Kitobxonlar esa yangi kitoblarni chiqishini sabrsizlik bilan kutadilar.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mehmonlarini, jamoasini va foydalanuvchilarni mazkur tadbir «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi bilan qutlab, o‘zbek kitoblarining o‘tmishdagi ayanchli ahvoli, kitob tanqisligi va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlar haqida so‘zlab berdilar. “Hozirgi kunda yoshlarimizga xavasim keladi – ular uchun talay sharoitlar mavjud, shu koshona kabi axborot kutubxona muassasalari qurilib, yoshlar ixtiyorlariga topshirib qo‘yilgan. Tan olish kerak-ki, o‘qishga, ilm o‘rganishga intilayotgan yoshlarimiz juda ko‘p va men ularga ta’zim qilaman” – deb so‘zlarini muxtasar qildilar Tohir Malik.

.jpg)