Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
27 oktyabr kuni «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Nodir nashrlarni konservatsiya va restavratsiya qilish” bo‘ycha mahorat darslari bo‘lib o‘tdi

2014 yil 27 oktyabr kuni «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Qo‘lyozmalar, nodir va aloxida qimmatga ega nashrlar xizmati tomonidan mutaxassislar uchun hujjatli merosnini saqlash bo‘yicha “Nodir nashrlarni konservatsiya va restavratsiya qilish” bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

Abu Rayxon Beruni nomidagi Sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida va YuNESKO ko‘magida o‘tkazilgan mutaxassislar uchun hujjatli merosnini saqlash bo‘yicha mahorat darslarining maqsadi – mutaxassislarga kitoblarni ta’mirlash va saqlashning zamonaviy innovatsion metodlarini amalda ko‘rsatib berishdan iborat. Mahorat darsini O‘zR FA Sharqshunoslik instituti laboratoriyasida tashkil etilgan va kitob ta’miri, islomiy muqovalashtirish, konservatsiya qilish va qo‘lyozmalardan foydalanish loyihasi asosida mazkur institut qo‘lyozmalar markazi bosh mutaxassisi, restavrator Shuhrat Pulatov olib bordi.

Mahorat darsida Toshkent shahridagi axborot-kutubxona muassasalari va arxiv ishi mutaxassislaridan 35 nafari ishtirok etdilar. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga nodir nashrlarni restavratsiya qilish ishlari o‘rgatildi va ba’zi bir yirtilgan kitob va qo‘lyozmalarni ta’mirlash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar