Foydali resurslar
“Betger o‘qishlari – 2014” davra suhbatining mavzusi: “Raqamli makon va zamonaviy axborot-kutubxona muhitidagi media kontent” mavzusiga bag‘ishlangan.
“Betger o‘qishlari” o‘tkazishdan asosiy maqsad - zamonaviy jamiyat infrastrukturasida axborot-kutubxona muasssasalari, axborot-kutubxona xizmatining roli va o‘rnini aniqlashda olimlarni, axborot-kutubxona va mutaxassis-amaliyotchilarni jipslashtirishdir.
Bu yilgi “Betger o‘qishlari” axborot-kutubxona, axborot-resurs markazlari va kutubxonalarning faoliyatida axborot muhitini shakllantirish, mustahkamlash va yagonalikni ta’minlashda raqamli makon va zamonaviy media kontentni rivojlantirish hamda bilimlarni ommalashtirish va axborot resurlaridan foydalanishni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan.
.jpg)
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlanishi, axborot-kutubxona faoliyatini yuritishdagi yangi prinsiplar, raqamli makon va media-kontentni to‘planishi, axborot bilan ishlashda, tanlashda, saqlashda, kataloglashtirishda, turkumlashda va foydalanuvchilarning foydalanishida yangi algoritm va usullarni yuklayapti.
Davra suhbati axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishning yangi yo‘llari va ijtimoiy-madaniy muhitda axborot-kutubxona muassasalarining intellektual raqamlashgan makondagi roli va bu sohada qilinishi kerak bo‘lgan ishlarga oydinlik kiritdi.

Davra suhbatida quyidagi mavzular muhokama etildi:
- Elektron kataloglar, veb-ilovalardan foydalanish: shakllanishi va rivojlanish istiqbollari;
- Respublikaning yig‘ma elektron katalogi: foydalanuvchilarga samarali xizmat ko‘rsatish uchun axborot-kutubxona muassasalarining o‘zaro hamkor qilish texnologiyasi;
- Hamkorlikda faoliyat yuritishdagi muammolarni muvofiqlashtirish: hamkorlik loyihalari;
- Axborot-kutubxona muassasalarini media kontentni yaratish sohasida ta’lim muassasalari, muzey va arxivlar bilan hamkorligi;
- Aholining raqamlashgan axborot resurslaridan foydalanishni tashkil etishdagi o‘ziga xosliklar.
Fikr almashinuvi quyidagi mazmundagi asosiy yo‘nalishlar bo‘ycha jonli muzokara muhitida bo‘lib o‘tdi:
– axborot havfsizligini ta’minlashda qonunchilikning xalqaro va mahaliy tajribasi tahlil qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati X. Karimova);
- mamlakat axborot-kutubxona resurslarini tizimlashtirish jarayonlarni me’yorlashtirish Universal o‘nlik klassifikatsiyasi (UDK) xalqaro konsorsiumida O‘zbekistonning integrallashuv bosqichlari taqdim etildi (V. Borisov, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ilmiy-uslubiy va tadqiqot xizmati rahbari);
- Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti o‘quv-resurs markazi ish tajribasi namoish etildi (V. Levinskaya, O‘RM direktori)
- “Sharqning buyuk allomalari” mavzusida raqamlashtirilgan kontent asosida multimediali disk taqdimoti (R. Amirov, A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi axborot texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i);
- yig‘ma elektron katalogni yaratish va undan foydalanish imkoniyatlari ochib berildi (F. Ro‘ziyev, Respublika yig‘ma elektron katalog markazi direktori);
-foydalanuvchilarga axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalab xizmat ko‘rsatishning yangi yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi (Yu. Gafurov, Ahmad al Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi direktori o‘rinbosari).

Ma’ruzalar yuzasidan fikr almashinuvi natijasida ish jarayonini sifatini ta’minlash va foydalanuvchilarga samarali xizmat ko‘rsatish, axborot-kutubxona muassasalararo axborot muhitini yaratish maqsadida raqamli ma’lumotlar almashinuvi mexanizmini ishlab chiqishga, intellektual muhitni shakllantirishda va mamlakat ilmiy-ma’rifiy imkoniyatlarini yuksaltirishda raqamli axborot-kutubxona resurslari bilan ishlovchi mutaxassislarning kasb malakasini oshirishga qaror qilindi.