Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
27 oktyabr kuni «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekistondagi Milliy madaniy markazlarning badiiy chiqishi bo‘lib o‘tdi

2014 yil 27 oktyabr kuni «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foyesida O‘zbekistondagi Milliy madaniy markazlarning badiiy chiqishi bo‘lib o‘tdi.


Har qanday xalqning ko‘z qorachig‘idek asrab, avaylab-ardoqlab kelgusi avlodga yetkazadigan qadriyatlari bor. Bu eng avvalo, uning milliy urf-odatlari, madaniyati va san’atidir. Mazkur qadriyatlar xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, o‘zaro do‘stlik va birdamlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ko‘pmillatli xalqlar istiqomat qilayotgan O‘zbekiston xalqlarining birdamlikda madaniyat va ma’rifatni yuksaltirishdagi hissasini namoyish qilish, har bir xalqning bebaho madaniy boyligi, etnik o‘ziga xosligi va boy merosini ko‘rsatish maqsadida o‘tkazilayotgan ushbu tadbir keng ommaga qaratilgan.

O‘zbekistonda 120 millat vakillari do‘stona, ahil va inoq yashaydilar. Bu madaniy, etnik boylik bir-birining madaniyatiga chambarchas bog‘lanib davlat iftixoriga aylanib bormoqda. O‘zbekistonda yashovchi turli millat vakillari ishonch va fahr bilan o‘zlarini O‘zbekiston fuqarosi deb biladi va ozod, farovon va obod hayotdan mamnuniyat hissini tuyadi.


Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Baynalmilal madaniyat markazi qoshidagi ozarbayjon, rus, uyg‘ur, polyak, tatar, qozoq va koreys millatlarining madaniyat guruhlari tomoshabinlarga o‘z badiiy chiqishlarini namoish etdilar.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar