Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
27 oktyabr kuni «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida taniqli musiqachi Adiba Sharipovaning «Prelomleniye» kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2014 yil 27 oktyabr kuni kichik majlisdar zalida «INFOLIB-2014» III Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida taniqli pianinochi, ko‘pgina ilmiy-uslubiy va tadqiqot ishlar muallifi Adiba Sharipova bilan ijodiy uchrashuv va «Prelomleniye» («Sinish») kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Adiba Sharipova - musiqachi, yangilikka intiluvchi pedagog, O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi maxsus fortepiano kafedrasi professori. Uning konsert dasturlari va ijodiy loihalari san'atning turli sohalarida ijod qiluvchi, u kabi izlash va tadqiqot qilish ishtiyoqida bo‘lgan hamfikrlar shoirlar, haykaltaroshlar, dizaynerlar rassom va rejissyorlarni birlashtiradi.


«Kitobning boblaridan birida G‘arb va Sharq she'riyati qiyoslanadi. Shuningdek, bugungi kunda dolzarb «Ustoz-shogird» an'anasi milliy  o‘qitish uslubi haqida keng tushuncha beriladi»,  deb yig‘ilganlarga tanishtirdi Adiba Sharipova o‘z kitobini.
«Prelomleniye» («Sinish») kitobi - mustaqillik davrida muqsiqa ahli yetishgan intellektual va badiiy saviya darajasini ko‘rsatishga urinishdir. Umuman olganda, bu kitob ijrochilik san'atida yangicha fikrlash usullari haqida.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar