Foydali resurslar
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 27-31 oktyabr kunlari “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazadi. Haftalikni o‘tkazishdan asosiy maqsad - yoshlarning axborotga ega bo‘lish intilish va qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ularni yangi nashr qilingan ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma'rifiy, o‘quv va badiiy adabiyotlar bilan batafsil tanishtirishdan iborat.
Milliy axborot-kutubxona haftaligining bosh maqsadi - mutolaani yanada kuchaytirish va targ‘ib qilish, axborot madaniyati darajasini ko‘tarish, Internet tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirishga va axborot-kutubxona xizmati imkoniyatini oshirishga hissa qo‘shish.
Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda:
• O‘zbekistonning taniqli yozuvchi va shoirlari, rassom hamda kinorejissyorlari, shuningdek ijtimoiy, yoshlar, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar;
• Kitob-rasmli ko‘rgazmalar, yangi adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi, nashriyot va kitob savdosi tashkilotlari mahsulotlarining yarmarkasi;
• Rassom va fotosuratchilarning ko‘rgazmalari;
• O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va yuksaltirish, san'at va adabiyot sohasidagi bilimlarini boyitish, kommunikativ ko‘nikmalarini yanada yaxshilashga qaratilgan master-klasslar;
• Kutubxona bo‘ylab sayohatlar;
• O‘zbekiston Milliy kutubxonasi videofondidan filmlar namoyishi;
•Yetakchi kompaniya va firmalarning faoliyati va mahsulotini namoyish etuvchi taqdimotlar;
Respublika axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari, shuningdek keng jamoatchilik ishtirokida “Zamonaviy axborot-kutubxona muhitida raqamli makon va media kontent” mavzuida davra suhbati hamda “Betgerxonlik-2014” konferensiyasini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
TADBIR DASTURI