Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Ijtimoiy hamkorlik: «Sharq ayoli» Xalqaro Ayollar Jamoa Jamg‘armasining tajribasi» deb nomlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.

 2014 yil 24 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Ijtimoiy hamkorlik: «Sharq ayoli» Xalqaro Ayollar Jamoa Jamg‘armasining tajribasi» deb nomlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan 2014 yil 25 sentyabrda imzolangan “Xalqaro hamkorlik to‘g‘risidagi Qonun”ning amaldagi ijrosi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyaga OAV vakillari va blogerlar taklif etildilar. O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri va jamoat arbobi Abdulla Oripov konferensiyaning faxriy mehmoni bo‘ldilar. 
 
 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Inson huquqlari ko‘mitasi raisi Akmal Saidov konferensiyani ochiq deb e'lon qilar ekan, yig‘ilganlarga «Sharq ayoli»  Xaqaro jamg‘armasining tuzilishi tarixini eslatdi: «Ayollarning amaliy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning mavqyeini xalqaro darajaga ko‘tarishga yo‘naltirilgan davlat dasturlarini amalga oshirishda o‘z kamtarona xissasini qo‘shish maqsadida «Sharq ayoli» Xaqaro jamg‘armasi 1999 yilda, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan «Ayollar yili» deb e'lon qilingan yilda tashkil topdi, - dedi notiq. - Jamg‘arma o‘z safida irqidan, dinidan, shaxsiy dunyoqarashidan qat'iy nazar yuksak ma'naviyatli, madaniy va ma'naviy qadriyatlarni, an'ana va udumlarni qadrlovchi, obod turmush sari intiluvchi ayollarni birlashtiradi.»
 
 
Jamg‘arma raisi S.G.Tursunova o‘z xisobotida jamg‘armaning bir qator nufuzli mamlakat va xalqaro tashkilotlar tomonidan sertifikat va diplomlariga sazovor bo‘lgani va boshqa yutuqlari to‘g‘risida gapirib berdi.  Hozirgi kunda jamg‘arma ayollar, shu jumladan, nogiron ayollar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ijtimoiy-hayriya loyihalari ustida ish olib borayotgani haqida ma'lumot berdi. 
400 dan ortiq ko‘ngillilar  «Har bir oilaga tinchlik, totuvlik va xotirjamlik!» shiori ostida o‘z safini kengaytirgan holda, o‘zgalar manfaati yo‘lida jamiyatning turli sohalarida faoliyat yuritmoqdalar.
Konferensiya doirasida jamg‘armaning 15 yillik faoliyati davrida amalga oshirilgan 25 innovatsionn loyihaning ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
 
 
 
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar