Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida S. Xodjayevning “Axborotlashtirish. Zamonaviy qarash” monografiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

 2014 yil 23 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida S. Xodjayevning “Axborotlashtirish. Zamonaviy qarash” monografiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotga axborotlashtirish va kompter texnologiyalari sohasi mutaxassislari va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalar taklif etildi.
 
 
 
Taqdimotda shiddat bilan rivojlanayotgan zamonimizda muallif S.Xodjayev o‘z “Axborotlashtirish. Zamonaviy qarash” monografiyasida keltirgan axborot ko‘nikmalarining ahamiyatiga va u o‘z ichida axborot uzatishning eng yangi zamonaviy va ilg‘or usullarini yoritganligiga alohida urg‘u berildi. Shuningdek uning mohiyatini ochib beruvchi ba'zi jihatlari aytib o‘tildi.
Taqrizchi t.f.d. prof. T.Nishanboyev o‘z chiqishida tinglovchilarni mazkur monografiyaning boshqalardan farqli jihatlari bilan tanishtirar ekan, uning nazariy va amaliy ma'lumotlarga, sohaga doir me'yoriy hujjatlarga va ilovalarga boyligini ta'kidlab o‘tdi. “Monografiyaning asosiy maqsadi - axborot uzatishning eng yangi va ilg‘or texnologiyalarni axborotlashtirish sohasining zamonaviy holatini yaxlit, bir butun holda tasvirlashga bo‘lgan urinishdir,-dedi notiq va - shuningdek, kitobda alohida tashkilotlardan boshlab, butun mamlakat miqiyosida olib borilayotgan axborotlashtirish jarayonlarini baholashning bugungi kunda keng qo‘llanilayotgan zamonaviy ilg‘or usullari ko‘rsatib berilgan,” deb o‘z nutqini muxtasar qildi.
 
 
Taqrizchi t.f.d. prof M.Muhiddinov esa tinglovchilar diqqatini monografiyaning texnik bezagiga qaratdi va undagi “Elektron hukumat” tizimi haqidagi ma'lumotlar va unga tegishli bo‘lgan muammolarnining oldini olishga qaratilgan tavsiyalar soha mutaxassislarini tayyorlashda samarali yordam berishi aytib o‘tdi. Taqrizchi shuningdek, jadvallar va ilovalar yuzasidan o‘z tavsiyalarini bildirdi.
 
 
Muallif t.f.n. S.Xodjayev tinglovchilarni “Axborotlashtirish. Zamonaviy qarash” monografiyasining dolzarbligi, maqsad va vazifalari, strukturasi va foydalanilgan me'yoriy va maxsus adabiyotlar bilan tanishtirdi. 
 
 
Shunday qilib, bugun axborotlashirish sohasi mutahassislariga, shu fan tadqiqotchilariga, oliy o‘quv yurtlari talabalariga hamda zamonaviy fan yutuqlari va ularning amalda tadbiq etilishiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan t.f.n. S.Xodjayevning “Axborotlashtirish. Zamonaviy qarash” monografiyasi taqdim etildi. 
 
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar