Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida UNESCOga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi.

 “BMT- bu xalqlarning tinch-totuv yashashga bo‘lgan ezgu irodasining buyuk ramzi, insoniyat ma'naviy taraqqiyotining yorqin nishonasidir.” I.Karimov.

 2014 yil 23 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Jahon” o‘quv zalida O‘zbekiston UNESCOga a'zo bo‘lgan kunga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi bo'lib o'tdi. 
 
 
Ma'lumot uchun: 
UNESCO - BMTning ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti bo‘lib, 1945-yil 16-noyabrda tashkil topgan. Tashkilot bosh qarorgohi Parijda joylashgan. BMTning ixtisoslashgan agentligi sifatida UNESCO tinchliikni saqlash, qashshoqlikka qarshi kurash, barqaror rivojlanish va ta'lim, fan, madaniyat, kommunikatsiya va informatsiya orqali madaniyatlararo muloqatga ko‘mak beradi.  
O‘zbekiston mazkur tashkilotga  1993 yil  23 oktyabr kuni a'zo bo‘lgan. UNESCOning O‘zbekistondagi vakili - Krista Pikkat
 
UNESCOning Toshkentdagi ofisining asosiy maqsadi-O‘zbekistondagi ta'lim, fan, madaniyat sohalariga tegishli bo‘lgan masalalarni va O‘zbekistondagi BMT tizimining tadbirlarini rejalashtirishni va amalga oshirishni ta'minlash; fondlarni jalb qilish; O‘zbekistonda UNESCO ishlari bo‘yicha milliy komissiya, milliy va xalqaro hamkorlar bilan yaqindan faoliyat olib borishdan iborat. 
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ham UNESCO bilan hamkorlikda ko‘pgina tadbirlarni o‘tkazib kelmoqda. Shulardan biri 2014 yil 25-26 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan “O‘zbekistonda katta yoshlilar ta'limi: ilohotlar va istiqbollar” deb nomlangan anjumandir.
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar