Foydali resurslar
2014 yil 22 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Qo‘lyozmalar, nodir va aloxida qimmatga ega nashrlar xizmati tomonidan yoshlarga islom dinining asl mohiyatini tushuntirib berish, ularni turli g‘arazli oqimlar va harakatlarning tinchlikka va havfsizlikka solayotgan tahdididan muhofaza qilish maqsadida Aydarbek Tulepovning “Islom va aqidaparast oqimlar” monografiyasida ko‘tarilgan muammolar doirasida «Ma'naviy barkamol avlod tarbiyasi» nomli davra suhbati o‘tkazildi.


Suhbatda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi, Inson xuquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, «Kamolot» YOIX Markaziy kengashidan mutassadilar, Toshkent Tibbiyot akademiyasi, Toshkent Islom universiteti, Toshkent Avtomobil yo‘llar Instituti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti va Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Davra suhbatini jurnalist Qobilbek Karimbekov olib bordi. Tadbirda U.Alimov, A.Mansurov, A.Tursunov, J.Nuriddinov, X.Yo‘ldoshxo‘jayev, S.Arziqulov, A.Do‘stmatov, M.Abdullayeva, G‘.Sultoqulov, R.Obidov, K.Burxonov, I.Mardonov, M.Atayev, Sh.Medetov va U.Tulepovlar ishtirok etdilar.
Davra suhbatida so‘zga chiqqan shayx Abdulaziz Mansur, Anvar qori Tursunov, jurnalist G‘ulom Mirzo, t.f.n. Haydarxon Yo‘ldoshev va Qobiljon Sobitovlar o‘z nutqlarida kitobning ma'lumotlarga boyligi, uning umumtarbiyaviy ahamiyati va keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallanganligini ta'kidlab o‘tdilar.


