Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zbekiston-Italiya” Do‘stlik kechasi.

 2014 yil 20 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida XIV Italyan tili haftaligi doirasida “O‘zbekiston-Italiya” Do‘stlik jamiyati, A.Navoi nomidagi O‘zbekiston Davlat Katta akademik teatri, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida Do‘stlik kechasi o‘tkazildi. Do‘stlik kechasiga Italiyaning O‘zbekistondagi favqulotda va muhtor elchisi Rikkardo Manara boshchiligida diplomatik korpus vakillari, “O‘zbekiston-Italiya” Do‘stlik Assotsiatsiyasi raisi, A.Navoi nomidagi O‘zbekiston Davlat Katta akademik teatri direktori Baxtiyor Raximovich Yakubov, O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov, Toshkentdagi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filiali direktori Qalandar Xodjayevich Abduraxmonov vaO‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti tarjimonlik fakulteti dekani Sevara Ziyayeva boshchiligida professor-o‘qituvchilar va talabalar jamoasi tashrif buyurdilar.

Tadbir Uyg‘onish davrining buyuk namoyondasi Mikelandjeloning ijodi va hayotini aks ettiruvchi rasmlar va kitoblar ko‘rgazmasidan boshlanib, «Mukammal italyan kitobi» deb nomlangan spektakl va Puchini, Verdi, Rossini, Donitsinetti operalariga ariyalar bilan davom etdi.
Katta bayram dasturi italyan nashrlariga bag‘ishlangan bo‘lib uning davomida tomoshabinlar e'tiboriga barcha janrlardagi kitoblarni Italiya timsoli sifatida, ya'ni san'at sohasidagi eng yaxshi kitob (“Ustaning qo‘li”), eng ko‘p tarjima qilingan kitob (“Ilohiy komediya”), eng ko‘p o‘qiladigan nasriy asar (“Pinokkio”), eng mashhur ilmiy kitob (“Galileyning asarlari to‘plami”), musiqiy mavzudagi kitob (“Puchini librettosi”), yaqinda dunyo yuzini ko‘rgan didaktik kitob (“Alla scoperta della Lingua Italiana attraverso le opere di Sandro Botticelli”), pazandalik kitobi (“Nutella dunyosi”) va raqamlashtirilgan (“1000 yevro avlodi”) kitoblari havola qilindi.

Tadbirni sof italyan tilida olib borgan O‘zDJTU talabalari Mikelandjelo mo‘yqalamiga mansub bir nechta rasmning mohiyatini ochib berib, ularni sahnalashtirib, o‘zlarining bu tilga bo‘lgan layoqatlarini namoyon etdilar va mehmonlarni qoil qoldirdilar.
A.Navoi nomidagi O‘zbekiston Davlat Katta akademik teatri artistlari va O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi talabalari esa Puchini, Verdi, Rossini, Donitsinettilarning dunyoga mashhur ariyalaridan bir nechtasini kuylab ularni yodga oldilar.

 

Tadbir so’ngida O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovga mehmonlar tomonidan minnatdorchilik bildirildi va Milliy kutubxona nomidan Tashakkurnomani topshirildi. Shuningdek, tadbir tashkilotchisi O’zDJTU italyan tili o’qituvchisi Antonietta Gobbisga ham musiqiy dastur uchun katta minnatdorchilik bildirildi.

 

Haftalik 22 oktyabr kuni “1000 yevro avlodi” filmi namoishi va 10 noyabr kuni zamonaviy Italiya arxitekturasiga bag‘ishlangan “Kichik utopiya” deb nomlangan ko‘rgazma taqdimoti bilan davom etadi.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar