Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Toshkentdagi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filiali direktori Qalandar Xodjayevich Abduraxmonov O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mehmoni

 2014 yil 20 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Toshkentdagi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filiali direktori, iqtisodiyot fanlari nomzodi, Rossiya fanlar Akademiyasi akademigi, professor Qalandar Abduraxmonov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv chog‘ida Qalandar Abdurahmonov, o‘zlari faoliyat yuritayotgan oliy dargoh, uning kutubxonasi va o‘zlarining qalamlariga mansub kitoblar haqida gapirib berdilar. Shuningdek mehmon O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bilan Italiyaning go‘zal shaharlarida, Adriatika dengizi sohillarida o‘tkazgan kunlarini xotirlab qiziqarli voqealarni so‘zlab berdilar.
Qalandar Abdurahmonov Toshkentdagi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filiali nomidan O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga iqtisodiyot sohasiga doir kitoblar va jurnallarni, shuningdek, o‘z Italiya taassuratlarini bayon etgan “Go‘zal Italiya, maftunkor diyor” kitoblarini tuhfa etdilar.
 

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar