Foydali resurslar
2014 yil 20 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga BMTTD boshqaruvi raisi Xelena Klark boshchiligida BMTTD noiblari Martin Xart-Xansen va Djen Xarfst, O‘zbekistondagi BMT vakolatxonasining rahbari, BMTTDning doimiy vakili Stefan Prizner, O‘zbekistondagi BMTTDning doimiy vakili o‘rinbosari Farid Karaxanov, O‘zbekistondagi BMTTD loyihasi rahbari Bahodir Ayupov, BMTTD havfsizligi bo‘limi vakili Aziz Ro‘ziqulov, tarjimonlar Ahror Askarov va Alisher Xoshimovlardan iborat rasmiy delegatsiya tashrif buyurdi.


Tashrif davomida mehmonlarni Milliy kutubxona bilan yaqindan tanishtrish maqsadida ularga ekskursiya tashkil etildi. Mehmonlar ma'lumotxona va ro‘yxatga olish xizmatlari, “Kitob muzeyi”, ko‘rgazmalar zali, o‘quv zallari va u yerda foydalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Kutubxonada joriy qilingan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kutubxonaning zamonaviy jihozlanishi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun alohida jixozlangan o‘quv zalida yaratilgan sharoitlar (ayniqsa, Brayl alifbosi asosidagi kompyuter) mehmonlarda chuqur e'tirof uyg‘otdi. Shuningdek, Milliy kutubxonaning noyob durdonalari hisoblangan nodir va qo‘lyozma asarlari fondi, madaniy yodgorliklarni saqlash ishlari, hamda nodir asarlar kolleksiyasi hayratga soldi. Mehmonlarga noyob kitoblarni restavratsiya qilish ishlari amalda ko‘rsatib berildi.



Klark xonim Milliy Kutubxona rahbaryatining o‘zbekona mehmondo‘stligini ta'kishlash barobarida BMTTD loyihasi uchun ajratilgan maxsus o‘quv zali uchun tashakkar bildirdi.
Tashrif so‘ngida BMTTD boshqaruvi raisi Xelena Klark Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining fahriy mehmonlar kitobiga o‘z taassurotlarini yozib qoldirdi.