Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligi tashkiliy ko‘mitasinng yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2014 yil 17 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kinomarkazida hamkorlar ishtirokida “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazishga masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilganlarga “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftalik doirasida adabiyotlarimizni ommalashtirish va o‘zaro aloqa almashinuvini rivojlantirish maqsadida bir qancha ijtimoiy-madaniy, sohaviy tadbirlar (Nodir nashrlarning restavratsiyasi va konservatsiyasi bo‘yicha seminar, axborot-kutubxona faoliyati me'yoriy-huquqiy asoslarining rivojlanishi mavzusida davra suhbati, taqdimotlar), Milliy kutubxonaning yangi dasturlari taqdimoti, kitob ko‘rgazmalari, yangi adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi, kitob chop etish va savdosi bilan shug‘ullanuvchi nashriyotlar, tashkilotlar ishtirokida kitob ko‘rgazmalari, yozuvchilar, musiqashunoslar, rassomlar, rejissyorlar, tarixchi arxeologlar, jamoat va xalqaro tashkilotlar, yoshlar harakati vakillari bilan ijodiy uchrashuvlar, shuningdek, bolalar va yoshlarning ma'naviy-madaniy bilimlarini oshirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va yuksaltirish, san'at va adabiyot sohasidagi bilimlarini boyitishga yo‘naltirilgan maxsus tadbirlar (origami, karving, kulolchilik, rassomchilik bo‘yicha mahorat maktablari, qo‘g‘irchoq teatrlari, treninglar, tanlovlar, lotoreya va aksiyalar), Milliy kutubxona videofondidan filmlar namoyishi, har 30 daqiqada kutubxona bo‘ylab mavzuli ekskursiyalar va boshqa tadbirlarning o‘tkazilishi rejalashtirilganligi haqida ma'lumotlar berib o‘tildi.

Tashkiliy ko‘mita “INFOLIB-2014” III Milliy axborot-kutubxona haftalik dasturini bir ovozdan qabul qildi.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar