Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi “O‘zbekiston meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasi imkoniyatlari va rivojlanish istiqbollari” deb nomlangan kitob bilan to‘ldirildi

G‘ulomov R. va boshq. «Potensial i perspektivы razvitiya plodoovoщyevodstva i vinogradarstva Uzbekistana» (“O‘zbekiston meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasi imkoniyatlari va rivojlanish istiqbollari”), Toshkent, O‘zbekiston, 2014.-156b.

“O‘zbekiston o‘z meva-sabzavotchilik va uzumchilik maxsulotlarining raqobatbardoshligi bilan ajralib turadi va shu tufayli obro‘li savdo markasiga aylangan” - deb baholaydi Prezident Islom Karimov qishloq ho‘jaligining shu sohasini.

Mazkur kitob kitobxonlar ommasini O‘zbekiston meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasi imkoniyatlari va rivojlanish istiqbollari bilan tanishtirishni maqsad qilgan.

Kitob qadimiy davrlarda O‘zbekiston hududidagi ziroatchilik tarixi, dehqonchilikning rivojlanishi, oziq-ovqat maxsulotlarini yetishtirish, yerdan foydalanish va sug‘orish tarmoqlari haqida hikoya qiladi. 

Meva-sabzavot va uzumchilik maxsulotlarining foydali xususiyatlari, ta'm va xaridorgirligi sifat ko‘rsatkichlariga berilgan ta'rifi bilan bir qatorda kitobda ularning ozuqa va qiymat moddalari ko‘rsatkichlari jadval sifatida batafsil keltirilgan.

Shuningdek, mutaxassislarni ilmiy-tadqiqot imkoniyatlari, saqlash, qayta ishlash va transportda tashish, infratuzilmani ta'minlash, meva-sabzavot va uzumchilik maxsulotlarining zahirasi va kelajakda bu ekinlarni yetishtirishni kengaytirish haqidagi ma'lumotlari qizqtirishi shubhasiz.

Mazkur albom-kitob har bir bobga mos keluvchi sifatli va mazmunli rasmlarga boy.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar