Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi videomarkazida O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan kunga bag‘ishlangan filmlar namoyishi bo‘lib o‘tadi

2014 yil 21 oktyabr kuni O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 25 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘zbek tilining paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanib mukammal tillar qatoridan o‘rin egallashiga dahldor voqyealar va ma'rifat fidoiylari haqida  kutubxonaning videomarkazida filmlar namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan foydalanuvchilar hukmiga quyidagi filmlar havola etiladi:

"Xitoydan to Xuroson"gacha  yoyilgan turkiy qavmlarni "yakqalam" qilgan,  o‘zbek tili, adabiyoti, madaniyatiga, insonlar baxt-saodati, xalq farovonligi, mamlakat obodligi uchun ulkan hissa qo‘shgan, o‘zbek tilining asoschisi, ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan rejissyor Komil Yormatov tomonidan 1947 yilda suratga olgan “Alisher Navoiy” badiiy filmi;

“Qadimiy O‘zbekistonning tarixi va afsonalari” turkumidan o‘zbek xalqining qadimiy bitiklari, madaniyati va yodgorliklari tarixidan so‘zlovchi “Asrlar osha kelgan” hujjatli filmi;

O‘zbekiston yoshlari hamisha ilm-fanga, kasb-xunarga ishtiyoqlari va o‘z ma'naviy salohiyatlari bilan donishmandu faylasuf, olimu fuzalo bobokalonlariga munosib avlod bo‘lishga intilib kelmoqdalar. O‘zbekistonda “Bilimli va aql-zakovatli, yetuk avlodni tarbiyalash - mamlakatni barqaror rivojlantirish, modernizatsiyalashning muhim sharti” mavusida bo‘lib o‘tgan xalqaro anjuman fonida yurtimiz ta'lim tizimi haqida hikoya qiluvchi “O‘zbekistonda ta'lim” hujjatli filmi.
 

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar