Foydali resurslar
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 25 yilligi munosabati bilan 21 oktyabr kuni “Uch daryodan suv ichgan dengiz” shiori ostida tadbirlar turkumini tashkil qiladi:
11:00 – 13:00 da Kinomarkazda “Alisher Navoiy” badiiy filmi namoyishi
11:00 – 13:00 da Kutubxona foyesida “Ona tilim - jon tilim” mavzusida talaba va o‘quvchilar ishtirokida adabiy-badiiy tadbir
14:30 – 15:30 da Kinomarkazda “Asrlar osha kelgan”, “O‘zbekistonda ta'lim” hujjatli filmlar namoyishi
15:00 – 17:00 da O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov bilan ijodiy uchrashuv hamda “So‘z latofati” kitobi taqdimoti
Hafta davomida
Kitob muzeyida Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar fondidan “Bobolardan bizga meros ezgu til” nomli kitoblar ko‘rgazmasi;
“Tafakkur” o‘quv zalida “Davlat tili - milliy ma'naviyatimiz timsoli” mavzusida adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi tashkil qilinadi.
Barchangizni tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz