Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi mashhur o‘zbek iqtisodchisi S.V.Chepelning “O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari tahlili va modellashtirish”ga bag‘ishlangan monografiyasi bilan to‘ldirildi


Chepel S.V. «O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari tahlili va modellashtirish» Monografiya, Toshkent. IFMR nashriyoti.

Monografiyaning dolzarbligi shundaki, u jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonida xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish va istiqbolini belgilashning o‘ziga xos yondashuvini taklif qiladi.

Uzoq davr hukumat muassasalari qoshidagi iqtisodiy yo‘nalishdagi institut va markazlarda faoliyat yuritgan muallif, bozor islohotlariga o‘tish davrida O‘zbekiston iqtisodiyotining samaradorligi tahlili va istiqbolini belgilash modellari va usullari sohasidagi o‘zining boy tajribasiga tayangan holda «O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari tahlili va modellashtirish» monografiyasini havola qiladi.

Ilmiy ishning barcha boblarini yorituvchi tahliliy modellashtirish vositasida avval oddiy muammoga qaratilgan modellar, so‘ngra esa murakkabroq va zamonaviy mukammal statistik hisobot modeliga ega konstruksiyalarga o‘tilishi kerakligini anglash qiyin emas.

Monografiyaning birinchi bobida muallif iqtisodiyotning tizimli tahlili va modellashtirish mohiyatini ochib berish barobarida jahonda mavjud yondashuvlar va istiqbolni belgilashning asosiy talablarini amaliy zarurat sifatida ta’riflaydi.

Keyingi boblarda muallif O‘zbekiston mustaqilligi davrida paydo bo‘lgan milliy amaliy model tuzilishini tavsiflaydi va axborot muammolarni chetlab o‘tish uchun yondashuv usullarini tavsiya etadi.

Shuningdek, S.V.Chepel mavjud makroiqtisodiy muammolarni tizimlashtirishga, ularning rivojlanishi barqarorligi havfini xisobga olgan holda tizimli tahlilga urg‘u beradi. Masalan, oltinchi bob “hududda soliq imkoniyatlarini mustaxkamlashning tizimli tahlili muammolari”ga bag‘ishlangan.

Makroiqtisodiy muammolar spektrining o‘ziga xosligi va axborot imkoniyatlaridan kelib chiqib, muallif mazkur indikatorlarning tahlili va istiqbolini belgilashning o‘z modelini tavsiya qiladi.

Kitobning amaliy ahamiyati undagi ilovalarning mavjudligidadir. Bu esa uni nafaqat modellar ishlab chiquvchilar , balki keng kitobxonlar ommasi: boshqaruv organlari mutaxassislari, yirik korxonalar ish yurituvchilari, shuningdek, iqtisodiy ta’lim muassasalari talabalari uchun ham foydali bo‘lishini ta’minlaydi.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar