Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida shoir, dramaturg va rassom M.Yu.Lermontov tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi

Bugun “Tafakkur” o‘quv zalida shoir, dramaturg va rassom M.Yu.Lermontov tavalludining 200 yilligiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 
Ko‘rgazmada M.Yu.Lermontov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan, Milliy kutubxona fondida saqlanuvchi kitoblar kitobxonlar hukmiga havola etildi.

Lermontov shoir, nosir va rassom sifatida rus madaniyati tarixida faxriy o‘rinlardan birini egallaydi. U o‘zining eng yaxshi asarlarida erksevarlik va vatanparvarlik g‘oyalarini baland pardalarda kuyladi, mustamlakachilik siyosati ulug‘ rus shovinizmining avj olishiga sabab bo‘lishi haqida rus jamiyatini ogohlantirdi, yuksak fuqarolik ideallarini tasdiqladi. Bolalik chog‘lari Penza gubernyasidagi Tarxan (hozirgi Lermontov) qishlog‘ida kechgan. 1827 yilda buvisi Ye.A.Arsenyeva bilan birga Moskvaga ko‘chib borgan va 1828 yilda Moskva universiteti qoshidagi pansionning 4-kursiga o‘qishga kirgan. Dastlabki she'rlari, «Cherkeslar» (1828) va «Kavkaz asiri» (1929) dostonlari shu yerda yozilgan.

Lermontov pansiondagi 2 yillik tahsilidan so‘ng 1830 yilda universitetning ma'naviy-siyosiy bo‘limiga o‘qishga kiradi. Aynan shu davrda qator lirik she'rlar, doston va dramalar yozgan («Odamlar va ehtiroslar», 1930 va b.). Lermontov 1837 yilda A.S.Pushkinning fojiali o‘limiga bag‘ishlab «Shoirning o‘limiga» she'rini yozadi. Lermontov bu she'rda shoirning o‘limida aybdor sanalgan hukmron kuchlarni keskin qoralagani uchun Kavkazga surgun qilingan.  Kavkaz tabiati va elatlar folkloriga mehr qo‘ygan shoir shu yerda «Oshiq G‘arib» (1837) sharq ertagi, «Zamonamiz qahramoni» (1840) romani va ko‘plab rangtasvir asarlarini yaratdi.  30-yillar oxirida Lermontov ijodida erksevarlik yo‘nalishida «O‘ylar», «Shoir», «O‘zingga ishonma...», «Payg‘ambar», «Alvido, Rusiya, ey nopok makon» kabi she'rlari, «Mtsiri», «Demon» («Iblis») kabi dostonlari, «Bela» qissasi dunyoga keladi.  Shu vaqtda bu yerlarda istirohat qilayotgan bir guruh yoshlar Lermontov bilan zobit N.S.Martinov o‘rtasida janjal chiqishiga erishadilar. 13 iyul kuni shoir duelda vafot etadi. Lermontovning xoki Tarxan qishlog‘iga olib kelinib, 1842 yil 23 aprel kuni Arsenyevlar xilxonasida dafn etilgan. Lermontovning  asarlari Oybek, Shayxzoda, Mirtemir, Usmon Nosir, Asqad Muxtor va boshqa tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Lermontovning «Maskarad» dramasi O‘zbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar