Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
2014 yil 10 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "G‘oyamiz-himoyamiz" ijtimoiy-ma'rifiy loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Toshkent viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish instituti  hamkorligida kutubxonaning majlislar zalida “Ma'rifat fidoiylari” rukni ostida "G‘oyamiz-himoyamiz" deb nomlangan ijtimoiy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Filologiya fanlari nomzodi, jurnalist  Rahimboy Jumaniyozov tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda mazkur institut ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Nilufar Yuldasheva, “Itelektual auksion” ko‘rsatuvi boshlovchisi Rustam Mirvohidlar ishtirok etdilar va diniy ekstremistik, terroristik harakatlarning maqsadlari, bunyodkor va vayronkor g‘oyalar o‘rtasidagi kurash haqida fikr bildirdilar va Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashimiz, ravnaq ettirishimiz kerakligini ta'kidlab bu borada pedagog kadrlar oldida turgan vazifalar haqida gapirdilar.

Tadbini olib borar ekan Rahimboy Jumaniyozov asosan yoshlar qalbida milliy g‘oyamizni musahkamlash, unga bo‘lgan ishonch tuyg‘usini yanada kuchaytirish  kerakligi to‘g‘risida so‘zlab yig‘ilganlarni suhbatga tortdi va ular faoliyat yuritayotgan maktablardagi ahvol bilan tanishdi.

Loyiha tashabbuskori azaliy tarixga ega xalqimiz madaniyatining rivojlanishi va milliy ma'naviyatimiz poydevorini yaratgan bobokolonlarimizni birma-bir nomlarini zikr etib, xalqimiz uchun qilgan buyuk ishlarini sanab o‘tdi va buyuk shoirlarimiz bayt va ruboiylaridan misralar keltirdi.

Bu safargi tadbirda Toshkent viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish institutida o‘z malakalarini oshirayotgan maktab o‘qituvchilari jamoalari o‘rtasida Prezidentimiz Islom Karimov kitoblari yuzasidan qizg‘in savol-javob bo‘lib o‘tdi. Pskent tumani 23-maktab ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi Isroilova Surayyo  g‘olib deb topilib esdalik sovg‘asi bilan mukofotlandi.
Tadbir so‘ngida yosh avlodga tarbiya berib kelayotgan pedagoglar orqali yoshlarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirishga o‘z xissasini qo‘shadigan, bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan giyohvandlik balosi va uning salbiy oqibatlari haqidagi  "Qora ilon" nomli badiiy film namoyish etildi.
Tadbir yertaga o‘z ishini davom ettiradi.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar