Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida oktabr oyida tashkil qilinadigan tadbirlar

2 oktyabr kuni soat 15:00da “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Mehr nuri yog‘ar doim yuzingizdan,Ustozlar!” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma;

5 oktyabr kuni soat 15:00 da kichik majlislar zalida O‘zbekistondagi Britaniya kengashi vakolatxonasi tomonidan “Speaking English at home” nomli bolalar va ota-onalar bilan ingliz tilida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi;

10-11 oktyabr kunlari soat 12:00da majlislar zalida "G‘oyamiz-himoyamiz" ijtimoiy-ma’rifiy loyihasi doirasida tadbir o‘tkaziladi

11 oktyabr kuni soat 15:00 da kichik majlislar zalida O‘zbekistondagi Britaniya kengashi vakolatxonasi tomonidan “Speaking English at home” nomli bolalar va ota-onalar bilan ingliz tilida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi;

20 oktyabr kuni soat 16:00da majlislar zalida “Dunyoda Italyan tili haftaligi” munosabati bilan “Ajoyib italyan kitobi” nomli kitobga bag‘ishlangan konsert va spektakl namoyishi;

21 oktyabr 15:00 da kichik majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan davra-suhbati. “Qadimgi yozuvlar” filmi namoyishi;

22 oktyabr kuni soat 15:00 da majlislar zalida “Ma’naviy barkamol avlod tarbiyasi” nomli davra-suhbati;

23 oktyabr kuni soat 15:00da majlislar zalida S. Xodjayevning “Axborotlashtirish. Zamonaviy qarash” nomli kitobning taqdimoti;

23 oktyabr kuni “Ijod” zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, kinorejissyor Nabi G‘aniyev tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma;

24 oktyabr kuni soat 16:00da kinomarkazda Massimo Veniyeraning «Ming yevro avlodlari - Pokoleniye tыsyachi yevro» filmi namoyishi;

24 oktyabr kuni soat 16:00da kichik majlislar zalida musiqachi Ruslan Shamsutdinov bilan ijodiy uchrashuv;

24 oktyabr kuni soat 10:00da majlislar zalida “Sharq ayoli” Xalqaro Ayollar jamoa fondi tomonidan “Ijtimoiy hamkorlik” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya;

27-31 oktyabr kunlari “INFOLIB UZBEKISTAN-2014” Milliy axborot-kutubxona haftaligi;

30 oktyabr kuni O‘zbekistondagi Britaniya kengashi vakolatxonasi tomonidan “Speaking English at home” nomli mashg‘ulotlar yakuni bo‘lib o‘tadi.

Tadbirlar ro‘yhatiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar