Foydali resurslar
2014 yil 24 sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida katta yoshlilar ta'limi masalasini mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda muhokama qilish, 2011 yilgi Milliy Forum natijalarini baholash, shu sohadagi xalqaro tendensiyalar bilan tanishish, O‘zbekistonda katta yoshlilar ta'limi istiqbollari ni belgilash maqsadida “O‘zbekistonda katta yoshlilar ta'limi: islohotlar va istiqbollar” mavzusida YUNESKO anjumani o’z ishini boshladi.

Anjumanga Germaniya, Serbiya, Laos va boshqa mamlakatlardan shuningdek mamlakatimizda shu soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan 112 ta delegat tashrif buyurdi. Bular katta yoshlilar ta'limi bilan shug‘ullanuvchi davlat, nodavlat va xalqaro tashkilotlar vakillaridir.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Asadjon Xodjayev konferensiyani ochiq deb e'lon qilib, bugungii tadbirning ahamiyati, maqsadi haqida gapirdilar va yig‘ilganlarni anjuman tashkilotchilari bilan tanishtirdilar. Konferensiya ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar: YUNESKO Bosh direktori o‘rinbosari Chian Tang, DVV International tashkilotining xalqaro aloqalar instituti direktori Anton Markmiller, Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Nayxart Xyofer-Vissing va boshqalar katta yoshlilar ta'limining bugungi kunda ahamiyati va unga qaratilayotgan e'tibor haqida gapirdilar.

So‘zga chiqqan DVV International tashkilotining xalqaro aloqalar instituti direktori Anton Markmiller hozirgi kunda O‘zbekistonda katta yoshlilar ta'limiga qaratilgan islohotlar, bu ta'lim turining imkoniyatlari tabora ko‘payib borayotgani, kollejlar qoshida katta yoshlilarni o‘qitish markazlari faoliyat ko‘rsatayotgani, malaka oshirish markazlari faoliyati, inklyuziv ta'lim va nogironlarni kasbga tayyorlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlar haqida ma'lumot berdi.

Konferensiyada O‘zbekistonda ta'lim sohasining rivojlanishi, buning uchun texnik bazaning mavjudligi hamda nodavlat tashkilotlarni qo‘llab quvvatlash borasida qilingan ishlarni yuqori baholanib, “Katta yoshlilar ta'limi“ tushunchasi konunchilik aktlarida ishlatilmasada 2013-2017 yillar uchun miliiy va xalqaro ekspertlar tomonidan ta'lim sektorini rivojlantirish rejasi ishlab chiqilgani ta'kidlab o‘tildi.


KONFINTEA Nizomi o‘z oldiga katta yoshlilar ta'limi bilan shug‘ullanishni, umr davomida kattalar ta'limi sohasida yordam berishni, ularga kerakli malaka va ko‘nikmalarni egallashga yordam berishni maqsad qilgan.


Yalpi majlilarda tinglangan ma'ruzalardan so‘ng savol-javoblar va takliflarga vaqt ajratildi. Natijada mamlakatimiz va xalqaro tajribalarga suyangan holda ta'lim holatini yaxshilashda innovatsion yechimlarga kelindi va umr davomida talim olish konsepsiyasini takomillashtirishda tavsiyalar berildi.


Kunning ikkinchi qismida anjuman o‘z ishini kichik guruhlarda davom ettirdi. Guruhlar “Katta yoshlilar ta'limining imkoniyatlari”, “Katta yoshlilar ta'limining sifati” va “Ijtimoy hamkorlik” deb nomlanib shu yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z loyihalarini taqdim etdilar.

.jpg)
Ertaga anjuman o’z ishini davom ettiradi.