Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Milliy kutubxonada elektron ma’lumotlar bazasini to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

15 – 19 sentyabr Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati tomonidan 239 ta yangi nomdagi axborot resurslari qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Shulardan 227 ta kitob, (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: ta’lim va madaniyat – 126 nusxa, ijtimoiy fanlar – 32 nusxa; tibbiyot – 3 nusxa; texnika – 4 nusxa; dinshunoslik – 5 nusxa; san’at – 3 nusxa; tabiiy fanlar – 11 nusxa; ma’lumot adabiyotlari – 5 nusxa; tilshunoslik – 19 nusxa; sport – 3 nusxa; adabiyotshunoslik – 16 nusxa) 12 ta avtoreferatlar (tibbiyot – 6 nusxa; texnika – 2 nusxa; tabiiy fanlar - 1 nusxa; ijtimoiy fanlar - 1 nusxa; q./x. – 1 nusxa; ta’lim madaniyat – 1 nusxa) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.

5304 nomdagi bibliografik yozuvlar to‘liq matnli tekstlarga ulandi.

2064 ta Respublika miqyosida chop etiladigan bosma nashrlarga Kataloglashtirish va turkumlashtirish xizmati KBK (kutubxona bibliografik klassifikatsiyasi) bo‘yicha turkumlashtirdi va bibliografik tavsifi berildi.

Jami: hozirgi kunda AIBS dasturiga kiritilgan hujjatlarning soni 521500 taga yetdi.

Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma’lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 2014 yil 15 - 19 sentyabr holatiga ko‘ra 91 nusxa gazeta, 6 jurnallardan, jami 452 bibliografik yozuv kiritildi. 216 bibliografik yozuv tahrir qilindi.

O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berishda - 64 ta ISBN raqami (kattalar adabiyoti uchun 42 ta va bolalar adabiyoti uchun 22 ta) berildi. 20 hisob-kitob shartnomasi tuzildi.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar