Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zbek jang san'ati” kitobining taqdimoti.

2014 yil 18 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi katta majlislar zalida “O‘zbek jang san'ati” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Respublika Ma'naviyat targ'ibot markazi, “Oltin meros” hayriya jamg‘armasi, OAV vakillari, O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya  va Toshkent avtomobil yo‘llari institutlari talaba va professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Tadbir O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Asadjon Xodjayevning kirish so‘zi bilan boshlandi. Ular mualliflarni kitobning muvaffaqiyatli nashr etilishi bilan tabriklar ekanlar yig‘ilganlarga kitobning yozilish zarurati qurolsiz va qurol bilan kurashish jang san'tini puxta egallagan buyuk sarkardamiz Amir Temur askarlarining mahoratini dunyoga tanitish ekanlgini ta'kidlab o‘tdilar.


Taqdimot marosimini olib borayotgan O‘zbekiston sharq yakkakurashi va jangovor san'ati respublika markazi ijroya ko‘mitasi a'zosi Karim Davletmendov o‘z so‘zlarini “O‘zbek jang san'atining tarixi ham bor kelajagi ham bor” degan jumla bilan boshladilar va yig‘ilganlarga kitob mualliflarini tanishtirdilar, ularning nafaqat shu kitobning yaratilishiga balki o‘zbek jang san'atini targ‘ib etishda qo‘shgan xissalari haqida so‘zlab berdilar.


So‘ngra O‘zbek jang san'ati federatsiyasi Prezidenti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi Po‘lat Usmonov bu jang turini sport darajasiga chiqarish imkoniyati mustaqillik sharofati bilan bo‘lganligi va u nafaqat O‘zbekistonda, balki chet ellarda ham e'tibor qozonganini aytib o‘tdilar. Bu sport turida qasamyod qilish an'anasi mavjudligi insonni ruhan, ma'nan va jismonan sog‘lomlashtirishga o‘z hissasini qo‘shadi. Hozirga qadar “O‘zbek jang san'ati” Fransiya, Germaniya, Belgiya, Koreya, Yaponiya va boshqa ko‘p davlatlarda ommalashgani uning jahon sporti darajasiga chiqqaniga yaqqol misol bo‘la oladi, dedi Po‘lat Usmonov.


   Kitob mualliflaridan  biri  Tal'at Usmonxodjayev, pedagogika fanlari nomzodi, professor, I darajal “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibi,  buyuk sarkardamiz Amir Temur navkar tanlashda amal qilgan uch shartidan ikkisida ularning kuch-quvvatiga qaratilganligi va tarixda ham jang san'atiga ega bo‘lganlar alohida qadrlanganligi haqida so‘zlab berdilar.


Tadbirda shuningdek “Turon” Akademiyasi akademigi, tarix fanlari nomzodi Haydarbek Bobobekov ishtirok etib yoshlarga shu Akademiyada nashr etilgan yangi “O‘zbek jang san'ati tarixidan lavhalar” va “O‘zbek jang san'atining matonatli sportchilari” kitoblari bilan tanishtirdilar.
“Dunyo hozir “do‘ppi”, “o‘zbek” degan so‘zlar bilan bir qatorda “O‘zbek jang san'ati” degan tushunchani ham tanib bormoqda, deb suhbatga yakun yasadilar Amirqul Karimov, “Oltn meros” hayriya jamg‘armasi rahbari.
Milliy kutubxona direktori Asadjon Xodjayev O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bu kitobning tarbiyaviy ahamiyatini, uning sabrlilik, kamtarlik, vatanparvarlik kabi g‘oyalariga yo‘g‘rilganligini hisobga olib uni skrinshotga o‘tkazib foydalanuvchilarga bepul olish sharoitini yaratib berish istagini bildirdilar.


Taqdimot so‘ngida O‘zbek jang san'ati federatsiyasi jamoasi mazkur sport turidan namunalar namoish etdi.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar