Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Ummon sultonligi Milliy Devonxonasi va arxivi raisi Dr. Hamad Al Davani va Ummon sultonligining O‘zbekistondagi favqulotdagi va muxtor elchisi Muxammad ibn Said ibn Muhammad Al Lavatining O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrifi

2014 yil 17 sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Ummon sultonligi  Milliy Devonxonasi va arxivi raisi  Dr. Hamad Al Davani va Ummon sultonligining  O‘zbekistondagi favqulotdagi  va muxtor elchisi Muxammad ibn Said ibn Muhammad Al Lavatilar tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mehmonlarni Milliy kutubxona bilan yaqindan tanishtrish maqsadida ekskursiya tashkil etildi. Mehmonlar ma'lumotxona va ro‘yxatga olish xizmatlari, “Kitob muzeyi” va ko‘rgazmalar zali bilan tanishdilar.  O‘quv zallari va u yerda foydalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Nogiron foydalanuvchilarga  ko'rsatilayotgan alohida e'tibor esa chuqur e'tirof uyg‘otdi. Kutubxonada joriy qilingan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kutubxonaning zamonaviy jihozlanishi  ularni befarq qoldirmadi.

 


Ayniqsa ummonliklarni Milliy kutubxonaning noyob durdonalari hisoblangan nodir va alohida qimmatga ega qo‘lyozma asarlari fondi, madaniy yodgorliklarni saqlash ishlari, hamda nodir asarlar kolleksiyasi hayratga soldi. Mehmonlarni internetda joylashtirilgan nodir.natlib.uz sahifasi “Qo‘lyozmalar va nodir nashrlar ma'lumotlar bazasi” bilan tanishtirildi, noyob kitoblarni restavratsiya qilish ishlari amalda ko‘rsatib berildi, qo‘lda ishlangan qo‘lyozma qog‘ozlari namunalari bilan tanishtirildi. 


Ummonlik mehmonlar “Skanerlash va raqamlashtirish xizmati”ga ham tashrif buyurishdi. Ular turli formatlardagi bosma nashrlarni skanerlashga ixtisososlashtirilgan jihozlarni va raqamlashtirilgan nashrlarning elektron versiyalari sifati bilan tanishishdi. 


Tashrif so‘ngida Ummon sultonligi  Milliy Devonxonasi va arxivi raisi   Dr. Hamad Al Davani va Ummon sultonligining  O‘zbekistondagi favqulotdagi  va muxtor elchisi Muxammad ibn Said ibn Muhammad Al Lavatilar  Milliy kutubxonaga ulrga ko'rsatilgan e'tibor va tashkil etilgan ekskursiya uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Ummon sultonligi  Milliy Devonxonasi va arxivi raisi  Dr. Hamad Al Davani Milliy kutubxonaning fahriy mehmonlar kitobiga o‘z  taassurotlarini yozib qoldirdi.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar