Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
2014 yil 16 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Baxovuddin Naqshbandiy hayoti va tariqatiga bag‘ishlangan suratli kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

«Har kim o‘zgalarni xohlasa, o‘zini xohlabdi, kimki o‘zini xohlabdi, bilsinki, o‘zini xohlamabdi» degan edilar hazrat Bahovuddin Naqshbandiy. Shu satlardayoq hazrat Bahovuddin Naqshbandiyning buyuk zehni, zakovati va salohiyatini his qilmoq qiyin emas.


Hazrat Bahoviddin Naqshbandiy uqtirgan «Xilvat dar anjuman (anjumanda xilvat yohud jamoada o‘zlikda qolish), safar dar vatan (vatanda safar, yohud o‘z o‘lkangda mutloq emasliging, bu fano zamonda mehmonligingni doimo his etishing) va zohirda xalq bilan, ammo botinda haq bilan bo‘lish» xususidagi o‘gitlari fikrimizning isbotidir.
Naqshbandiya tariqati o‘n bitta so‘z yoki qoida yoxud irfoniy shior asosida qurilgan. U qalblar naqqoshi bo‘lgan, ya'ni Olloh naqshini o‘z muridlarining qalblarida ma'naviy jihatdan naqsh qilib qoldirgan, shuning uchun ham “naqshband” deb atalgan.


Hazrati Bahouddin Naqshband nomlarini tilga olgan tariqat ulamolari, mutasavvuflar va boshqa sohaning mutaxassislari naqshbandiylik sunnatga va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalarining amaliga juda yaqin tariqat ekanligini tan olishgan. Bu fikrlar bir necha ilmiy tadqiqotlarda o‘z ifodasini topgan. Hususan, “Tarixi Bahovuddin” kitobida.


Gapimizning isboti sifatida Milliy kutubxonamizning O‘zbekiston o‘quv zalida foydalanuvchilar hukmiga havola etilgan Baxovuddin Naqshbandiy hayoti va tariqatiga bag‘ishlangan suratli kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda foydalanuvchilar qalblar naqqoshi deb e'tirof etilgan bobokalonimiz Baxovuddin Naqshbandiy haqida hikoya qiluvchi kitoblar va suratlarni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
 

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar