Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Iqtidorli yoshlar klubi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Navbatdagi yig‘ilishning kun tartibida
-Onore de Balzakning “Fransuz yozuvchilariga maktub” asari muhokamasi;
-O‘zbekiston Mustaqilligining 23 yilligiga bag‘ishlangan “Vatanimiz kelajagi yoshlar qo‘lida” mavzusida mushoira;
-“Modern va she'riyat” mavzusida baxs va munozara;
-Yangi nashrlar bilan tanishtirish kabi masalalar o‘rin oldi.
Yig‘ilishda boshida shoir Shukur Qurbon “Iqtidorli yoshlar klubi” a'zolarini O‘zbekiston Mustaqilligining 23 yilligi va yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan tabriklab, ularga sog‘lik, a'lo o‘qish va ijodiy barkamollik tilab bugungi kun tartibi bilan tanishtirdilar.
Iqtidorli yoshlar yozgi uy vazifasi sifatida Onore de Balzakning “Fransuz yozuvchilariga maktub” asarini o‘qib bugun uning muhokamasiga tayyorlanib kelganliklari ularning o‘z fikrini bayon etishga, turli tortishuv va sog‘lom baxsga chanqoq ko‘zlaridan sezilib turdi.
Asar barcha yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ular Balzakning fransuz adiblar jamiyatini tashkil etish haqidagi fikrlarini qizg‘in muhokama qildilar.
O‘zbekiston Mustaqilligining 23 yilligiga bag‘ishlangan “Vatanimiz kelajagi yoshlar qo‘lida” mavzusidagi mushoirada esa yoshlar nafaqat taniqli shoirlarimiz qalamiga mansub, balki o‘zlari ham baxtli bolalikdan, yoshlarimizga yaratilgan sharoitlardan ilhomlanib yozgan o‘z she'rlarini ham o‘qib berdilar.  Ayniqsa, Iroda Muhiddinovaning internet haqidagi she'ri, shoir Nasrullo, Munavvara Erkinova, Sardor Abdurasulov, Adiba Xayitboyevalar she'rlari barchaga ma'qul bo‘ldi.
“Modern va she'riyat” mavzusidagi baxs va munozarada yoshlar zamoaviy she'riyat va zamon haqidagi she'rlar tushunchalari o‘rtasidagi farq va bog‘liqlikni topishga harakat qildilar. Unda ham Nasrullo, Munavvara Erkinova,  Gulbahor Ortikova, Muxlisa Yuldosheva va  Kamola Isayevalar faol ishtirok etib o‘z nuqtai nazarlarini yoqlashga harakat qildilar.
Yig‘ilish so‘ngida shoir Shukur Qurbon klub a'zolarini yangi nashrlar bilan tanishtirdilar va keyingi yig‘ilish sanasini e'lon qildilar.
“Iqtidorli yoshlar klubi”ning navbatdagi yig‘ilishi 2014 yil 27 sentyabr kuni soat 14:00 bo‘lib o‘tadi.

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar