Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining mutaxassislari Farg‘ona, Buxoro va Samarqand viloyatolarida maxsus o‘quv seminarlari o‘tkazib qaytishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 20 martdagi PQ-1729-son, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 apreldagi 98-sonli qarorlari talablari asosida, Milliy kutubxonaning fondida saqlanilayotgan  noyob va alohida qimmatga ega nashrlarni to‘liq saqlash, konservatsiya va restavratsiya qilish  ishlarni amalga oshirish hamda axborot-kutubxona muassasalarida nodir kitoblarni saqlash va pasportini yaratish, konservatsiya va restavratsiya qilish  ishlariga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmati va Axborot-kutubxona fondlarini restavratsiya va konservatsiya qilish xizmati tomonidan  joylarda o‘quv seminarlar  o‘tkazildi.


Mazkur seminar  “Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda axborot-kutubxona resurslarining saqlanishi, ularni restavratsiya va konservatsiya qilish, elektron bazasini yaratish” masalalariga bag‘ishlangan  bo‘lib unda Farg‘ona, Buxoro va Samarqand viloyatlari va ularga yaqin viloyatlar Axborot-kutubxona, axborot-resurs markazlarining  nodir fondlar bilan ishlovchi mutaxassis va xodimlari hamda tegishli viloyat muzeylar mutaxassislari qatnashdilar.qatnashdilar.


Seminar ikki kunga mo‘ljallangan bo‘lib, birinchi kun o‘quv seminari o‘tkazildi, ikkinchi kuni xududdagi noyob nashrlarni o‘rganishga bag‘ishlandi.


2014 yil  2 sentyabrdan 13 sentyabrgacha o‘tkazilgan bu o‘quv-seminarida 50 ga yaqin shu soha muxatassislari qatnashdilar. Seminar tashkilotchilari 22 sentyabr kuni Xorazmga yo‘l oladilar.
 

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar