Foydali resurslar
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 23 yilligi munosabati bilan buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan nodir tarixiy kitoblar ko‘rgazmasi davom etmoqda.
Ko‘rgazmada Milliy kutubxonaning Nodir nashrlar fondida saqlanayotgan Alisher Navoiy va uning zamondoshlari qo‘lyozmalari va toshbosma asarlari, ilk bora chop etilgan va shu kungacha qayta nashr etilgan kitoblarining to‘liq to‘plami, buyuk mutafakkirga va uning asarlariga bag‘ishlab yozilgan kitoblar hamda dunyoning turli tillariga tarjima qilingan asarlari namunalari namoyish etilmoqda.
.jpg)
Bular:
-Alisher Navoiyvalamiga mansub “Devon”. Qo‘lyozma (1284 hij./1867y.) va eski o‘zbek alifbosida (1274 hij),
-Lisonut tayr. Mahbubul qulub. (1221 hij./1806y.),
-Xamsa (Toshbosma, Toshkent. 1901y.),
-Abdurrahmon Jomiy Al-favoid az-ziyoiyyaning Ibn al-Hojib asari “al-Kofiya”ga sharx. (956 h./1549 y.) Qo‘lyozma
-Abdurrahmon Jomiy Nafahat al-Uns (Azizlar nafasi). Kotib Mulla G‘ulom Rasulxo‘ja Qozi ibn Muhammad Rasulxo‘ja.( Toshkent. 1915y.) Toshbosma
-Abul Qosim Mahmud az-Zamaxshariy Muqaddimat al-Adab. Arabcha-forscha lug‘at. (707 hij./ 1308 y.) Qo‘lyozma
-Boborahim Mashrab “Devon”. (Toshkent. 1334 hij./1916 y.) Toshbosma va boshqalar.
.jpg)
.jpg)
Bundan tashqari muzeyimizga kelgan har bir foydalanuvchi Milliy kutubxona muzeyida mavjud XIII asr o‘rtasi va XXI asr boshlariga mansub dunyoga mashhur Abul Hasan Ali bin Muhammad bin Habib al-Movardiy Al-axkamus ,Sufi Olloyor, Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy, Huvaydo Xo‘janazar G‘oyibnazar o‘g‘li Chimyoniy, Mirzo Abdulqodir Bedil, Mulla ibn Muhammad Buxoriy, Husayn Voiz Koshifiy, Maqomati Hazrati Xo‘ja Naqshbandiylar sharq mutafakkirlarining noyob qo‘lyozmalari va tarixiy kitoblari bilan tanish ishlari mumkin.
.jpg)
Ko‘rgazma faoliyati OAVda ham yoritilmoqda. Hususan, “Toshkent” telekanalining “Poytaxt madaniyati” ko‘rsatuvida.
.jpg)
Milliy kutubxona muzeyidagi bu ko‘rgazma 2014 yil 30 sentyargacha davom etadi.