Foydali resurslar
2014 yil 10 sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Kichik majlislar zali”da “Yoshlar kuylaganda” turkumidan qo‘shiqchi-shoirlar Bobur Bobomurod va Ahad Qayumlar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Yangicha fikrlovchi kishilarni tayyorlamasdan, tarbiya qilmasdan o‘z oldimizga qo‘ygan vazifa va maqsadlarni ro‘yobga chiqara olmaymiz” deb ta'kidlaydilar prezidentimiz Islom Karimov o‘zlarining “Vatan va xalq mangu qoladi” kitoblarida.
.jpg)
.jpg)
Shunday ekan, ezgu maqsadlarimizni ertangi kunimizning egalari ro‘yobga chiqarishiga umid bog‘lar ekanmiz, ularni komil, ma'nan boy, yetuk insonlar bo‘lib yetishishiga katta e'tibor qaratmog‘imiz zarur.
Ijodiy uchrashuv “Qo‘shiq sog‘aysin” deb nomlangan bo‘lib unda Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot va 1-Toshkent pedagogika kollejlari o‘qituvchi va o‘quvchilari qo‘shiqchi-shoirlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar.
Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod o‘quvchilarga o‘zlarining talabalik davridan qiziqarli voqyealarni so‘zlab berdilar va Vatan, muhabbat, ota-onalar, ayollar va do‘stlikni tarannum etuvchi “Esiz odam”, “Muhabbatsiz qanday yashash mumkin”, “Sevaman demagan nimaga Kumush” va boshqa she'rlarini o‘qib berdilar.
.jpg)
Yoshlarning sevimli shoiri Ahad Qayum ustozi Bobur Bobomurod bilan 2004 yildan buyon hamkorlgi, uning insoniy xislatlari, ichki dunyosi haqida o‘quvchilarga jo‘shib gapirib berdi va o‘zining hozirgacha yozlgan 5000 ta she'rlaridan namunalarni (“Otamga o‘xsha, o‘g‘lim”, “Ona”, “Odamlar”, va boshqalarini) o‘qib berdi.
“Qo‘shiq sog‘aysin” deb yozadilar sevimli shoirimiz Abdulla Oripov o‘z “Qo‘shiq” deb nomlangan she'rlarida. Bu qo‘shiqchi-shoirlarimiz zimmasiga yosh, o‘sib kelayotgan avlodni buyuk ajdodlarimizga munosib avlod qilib o‘stirishda jiddiy omillardan biri sanaladi.
.jpg)
.jpg)
Toshkent pedagogika kolleji o‘qituvchilari E.I.Rashidova va Sh.F.Rahimovalar, Bobur Bobomurod va Ahad Qayum, ularning she'riyati haqida to'lqinlanib gapirdilar va shoirlarimizga ijodiy barkamollik tiladilar, shuningdek, Milliy kutubxona jamoasiga minnatdorchilik bildirdilar.
.jpg)
.jpg)
1-Toshkent pedagogika kolleji o‘quvchisi D. Mahkamova, Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kolleji o‘quvchilari Z.Malikova va D.Dixanbayevalar Bobur Bobomurod va Ahad Qayum sh'riyatining muxlislari ekanini ishor etdilar va o'zlari sevib o'qiydigan she'rlarini yoddan o‘qib berdilar.
Darhaqiqat, she'rlar borki, mutolaasidayoq kuy jarangini his etib turasiz. Bunday she'rlar xalq diliga, tiliga o‘rnashib, insonning his-tuyg‘ularini ifodalab xirgoyi etiladi. Uchrashuvga kelgan Zamira Beshimova, Dildora Qurbonova, Sherbek Shodiyev va Sherali Bekmurodovlar kabi yosh xonandalar Bobur Bobomurod va Ahad Qayum qalamiga mansub she'rlariga bastalangan qo‘shiqlarni yig‘ilganlarlarga taqdim etishdi. .jpg)


Shoirlar bugungi kun she'riyati va musiqasiga o‘z fikr va mulohazalarini bildirdlar.“Yoshlar kuylaganda” turkumidan tashkil etilgan qo‘shiqchi-shoirlar Bobur Bobomurod va Ahad Qayumlar bilan bo‘lgani ijodiy uchrashuv she'riyatning yangi yulduzlarini yoqqan bo‘lsa ajab emas. Chunki shu kechada yosh, umidli sheriyat oshnolari Zilola Holiqova va Durdona Mahkamovalar o‘z sherlarini o‘qib berdilar.