Foydali resurslar
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ochiq eshiklar” haftaligi nixoyasiga yetdi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ochiq eshiklar” haftaligining oxirgi kuni mehmonlarga va qiziqarli tanishuvlarga boy bo‘ldi.
Barcha tashrif buyurganlarga tanishtiruv ekskursiyalari, ba'zi qizquvchan talabalar uchun esa alohida mavzuli ekskursiyalar tashkil etildi. Kutubxona bilan tanishuv davomida yoshlar kutubxona tarixi, xizmat turlari, kitob fondi va ulardan foydalanish qoidalari bilan tanishdilar.
.jpg)
.jpg)
Ro‘yxatga olish tartiblari bilan boshlangan va Milliy kutubxona kitob muzeyi, ko‘rgazmalar zali, kafedralar, o‘quv zallar, kitobxonlar kataloglari va kartoteka zallari, elektron katalaoglar zali bo‘ylab davom etgan mazmunli va batafsil ekskursiya “Ochiq eshiklar” haftaligiga kelganlarda katta taassurot qoldirdi.
.jpg)
Ma'lumotnoma-axborot xizmatlari ko‘rsatish xizmati mutaxassislari tomonidan audio- va info-kiosklar, interaktiv panellarlardan foydalanish, ular orqali o‘zlariga kerakli ma'lumotlarni olish va kitoblar buyurtma qilish tartiblari bilan tanishtirib olib borgan sayoxatlar, ayniqsa, harbiy yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talaba yoshlarimizga ma'qul keldi.
.jpg)
.jpg)
Foydalanilayotgan adabiyotlarning yo'nalishlariga qarab mazmunan ajratilgan “Tafakkur”, “Istiqbol”, “O‘zbekiston”, “Jahon”, “Bunyodkor”, “Nodir”, “Ilm” va “Adolat” o‘quv zallarida yaratilgan qulay sharoitlar tashrif buyurganlarga manzur bo‘ldi va ularni tez-tez kelib turishga ruhlantirdi. Tanishuv davomida mehmonlarga Milliy kutubxona tarixi va hozirgi kuni haqida videolavha namoish etildi.
.jpg)
Haftalik davomida Milliy kutubxonaga tashrif buyurgan 2056 ta talaba va o‘quvchilardan 795 tasi kutubxonamizning doimiy foydalanuvchilariga aylandilar.
.jpg)
.jpg)
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ochiq eshiklar” haftaligi o'z nihoyasiga yetdi.