Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ochiq eshiklar” haftaligi davom etmoqda

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ochiq eshiklar” haftaligining 3-kuni har doimgidan ham tashrif buyuruvchilar bilan gavjum.
Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi xarbiy tibbiyot fakulteti va Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakulteti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetlaridan kelgan jami 253 nafar talabala Milliy kutubxona kechasi va buguni haqida ma’lumot beruvchi videolavhani, kutubxona muzeyidan o‘rin olgan noyob eksponatlarni tomosha qildilar. Ayniqsa, foyeda o‘rnatilgan info-kiosk bilimga chanqoq  yoshlarning e’tiborini jalb qildi.


Tashrif buyurgan talabalarga ma’lumotnoma-axborot xizmatlari ko‘rsatish xizmati mutaxassislari kutubxona bo‘ylab tanishuv ekskursiyalarini uyushtirib kutubxonaning keng imkoniyatlari bilan tanishtirdilar. Kutubxonada mavjud katalog va kartotekalardan foydalanish tartibi, kerakli resurslarni izlash, ularga buyurtmani rasmiylashtirish xizmati bilan tanishgan talabalar kutubxonaga tez-tez kelib turishliklarini izhor etishdi.


Tashrif buyurgan mehmonlarning ko‘p qismi kutubxona foydalanuvchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdilar va maxsus aksiya ishtirokchchisiga aylandilar.
“Ochiq eshiklar” haftaligi o‘z ishini davom ettirmoqda.   

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar