Foydali resurslar
2014 yil 4 sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar zalida “Men Vatanim ravnaqiga hissa qo‘shishni xohlayman!” shiori ostida O‘zbekiston XDP Yoshlar qanotining “Yosh siyosatchi-2014” respublika tanlovining yakunlovchi bosqichi o‘tkazildi.
.jpg)
O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi va uning “Istiqbol” Yoshlar qanoti tomonidan tashkil etilgangan mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida yoshlarning bilim darajasini yuksaltirish, ularda mamlakatimizda yuz berayotgan barcha o‘zgarishlarga nisbatan dahldorlik hissini kuchaytirishdir.


“Vatanim uchun foyda keltirmoqchiman!” shiori ostida o‘tkazilgan bu yilgi tanlovda ishtirok etgan respublikamiz shahar va viloyatlaridan kelgan 15 ishtirokchi o‘z siyosiy bilimlari, notiqlik san'ti va dolzarb loyihalari borasida kuch sinashdilar.
Tanlov g‘olibi 2014 yil 5 sentyabr kuni O‘zbekiston Ichki ishlar Vazirligiga qarashli Madaniyat saroyida uchinchi shart, ya'ni istiqlol g‘oyalariga sodiqligi, faol fuqarolik pozitsiyasi va o‘z ijtimoiy-siyosiy bilimlarini ifodalovchi dolzarb loihalari taqdimoti natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

