Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ochiq eshiklar” haftaligi o‘z ishini boshladi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2 sentyabrdan 5 sentyabrga qadar “Ochiq eshiklar haftaligi” deb e’lon qilinishi munosabati bilan 2 sentyabr - “Bilimlar kuni”da kutubxona foydalanuvchilari va mehmonlar tashrifi har kungidan ortib ketdi.
Ushbu haftalikni tashkil qilishdan asosiy maqsad O‘zbekiston Milliy kutubxonasining foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishdagi keng imkoniyatlari bilan tanishtirishdan iborat bo‘lib, unda kutubxona bo‘ylab tanishuv sayyohatlari, kutubxonada mavjud katalog va kartotekalardan (elektron, alfavit va sistemali) foydalanish tartibi, kerakli bo‘lgan resurslarni izlash, ularga buyurtmani rasmiylashtirish, WEB-AAKT da ishlash ko‘nikmasi, onlayn xorijiy ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazasi imkoniyatlari va ulardan foydalanish, yangi a’zo bo‘lgan foydalanuvchilar uchun lotoreyalar hamda kutubxona Kinomarkazining oltin fondidan o‘rin olgan badiiy va hujjatli filmlar namoyishi kabi tadbirlar o‘rin olgan.

Respublikaning turli oliy o‘quv yurtlari, litsey, kollej va maktablardan tashrif buyurgan mehmonlar uchun Kichik majlislar zalida kutubxona faoliyatini yoritib beruvchi videorolik namoyish etildi va kutubxona tarixi haqida ma’lumotlar berildi. So‘ng mehmonlarning istaklariga ko‘ra kutubxona bo‘ylab umumiy hamda “Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmati”da tashkil qilingan mavzuli sayohatlarda kutubxona bilan yanada yaqindan tanishdilar.

Milliy kutubxonaning “Jahon” o‘quv zalida xorijiy ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazalarning ishlash tartibi, millionlab axborotlar ichida aynan kerakligini izlab topish va unda ishlash ko‘nikmasi haqida tayyorlangan taqdimot yangi a’zo bo‘lgan foydalanuvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, haftalik davomida kutubxona foydalanuvchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tganlar uchun maxsus aktsiya tashkil qilingan bo‘lib, unda a’zo bo‘lgan kitobxonlar ID-kart raqamlari yozilgan stikerlar barabanga tushirildi va kutubxona tomonidan oktyabrь oyining oxirgi haftasida o‘tkaziladigan Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida tashkil qilinadigan lotoreyada qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar (mobil telefon, planshet, fleshka, kitoblar) sohibiga aylanish imkoniga ega bo‘ladilar.

“Ochiq eshiklar” haftaligi o‘z ishini davom ettirmoqda.   

Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar