Foydali resurslar
2-5 sentyabr kunlari soat 10:00–17:00 Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yangi o‘quv yili boshlanish munosabati bilan “Ochiq eshiklar haftaligi” tashkil etiladi. Unda quydagi tadbirlar amalga oshiriladi:
kutubxona bo‘ylab tanishuv sayyohatlari;
kutubxonada mavjud katalog va kartotekalardan (elektron, alfavit va sistemali) foydalanish tartibi;
kerakli bo‘lgan resurslarni izlash, ularga buyurtmani rasmiylashtirish, WEB-AAKT da ishlash ko‘nikmasi;
onlayn xorijiy ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazasi imkoniyatlari va ulardan foydalanish;
yangi a’zo bo‘lgan foydalanuvchilar uchun lotereyalar;
“Kamolot” YoIH vakillari bilan uchrashuv;
kutubxona Kinomarkazining oltin fondidan o‘rin olgan badiiy va hujjatli filmlar namoyishi.
4 sentyabr kuni kutubxonaning Katta majlislar zalida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi “Istiqbol” yoshlar qanoti va Milliy kutubxona hamkorligida “Men Vatanim ravnaqiga hissa qo‘shishni xohlayman!” shiori ostida “Yosh siyosatchi-2014” ko‘rik tanlovining respublika bosqichi
5 sentyabr kuni soat 15:00 da “Ijod” o‘quv zalida muallifliq qo‘shiqlari kuylovchisi Gennadiy Arefevning musiqiy disk taqdimoti
10 sentyabr kuni soat 15:00 da Kichik majlislar zalida “Yoshlar kuylaganda” mavzusida qo‘shiqchi shoirlar bilan ijodiy uchrashuv
13 sentyabr kuni soat 14:00 da Kichik majlislar zalida Iqtidorli yoshlar klubi
16 sentyabr kuni soat 15:00 da “Mustaqil Vatanimizning ijodkor yoshlari” mavzusida majlislar zalida rassom Asliddin Kalonov bilan ijodiy uchrashuv va rasmlar ko‘rgazmasi
16 sentyabr kuni “Baxouddin Naqshbandiy kuni” munosabati bilan “O‘zbekiston” o‘quv zalida kitob- rasmli ko‘rgazma tashkil qilinadi
22 sentyabr kuni soat 15:00 da Kichik majlislar zalida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyotida 2013-2014 yillarda chop etilgan kitoblar taqdimoti
24-25 sentyabr kunlari soat 10:00 – 17:00 gacha kutubxonaning Katta majlislar zalida Yunesko, Germaniya Universitetlar Uyushmasi va Milliy kutubxona hamkorligida “O‘zbekistonda katta yoshdagilar ta’limi: bugun va ertaga” mavzusida Milliy konferentsiya tashkil qilinadi
29 sentyabr kuni soat 15:00 da Kichik majlislar zalida “2014 yil –Sog‘lom bola yili” davlat dasturi doirasida sportning Taekvan-do turi bo‘yicha sport ustalari, murabbiylar va ularning shogirdlari bilan uchrashuv kechasi
27 sentyabr kuni soat 14:00 da Kichik majlislar zalida Iqtidorli yoshlar klubi
Tadbirlar ro‘yhatiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.